Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sojitz Corporation” rahbarlari Masayoshi Fudzimoto va Kosuke Uemurani qabul qildi.
Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotganini hisobga olib, Sirdaryo viloyatida bug‘-gaz elektr stansiyasini barpo etish loyihasini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Ko‘p tarmoqli shifoxona, Toshkentning yangi xalqaro aeroporti, shamol elektr stansiyasini qurish va boshqa ustuvor loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Tibbiyot klinikalari hamda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarini modernizatsiya qilish, transchegaraviy “yashil” energiya yo‘lagini barpo etish, mamlakatimiz hududlarida gaz kompressor stansiyalarini yangilash, shuningdek, yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratishda korporatsiyaning ishtirok etishi bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!