$
12955.26 UZS
-6.75
126.44 UZS
0.42
13327.08 UZS
-38.05
Kechasi

O‘zbekistonga Mo‘g‘ulistondan go‘sht va go‘sht mahsulotlari importi hajmi oshiriladi

15:03 / 06.06.2022

Joriy yil 3-iyun kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Alisher To‘rayev hamda Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi qator masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni jadallashtirishdan manfaatdor ekanligini bildirdilar.

Xususan, Batsumber Munxjin Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi haqida maʼlumot berib, chorvachilik mamlakat agrar sektorining eng rivojlangan tarmog‘i hisoblanishi hamda hozirda mamlakatda 70 millionga yaqin yirik va mayda qoramol bo‘lsa, shundan 35 millionga yaqini qo‘y ekanini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, Munxjin bugungi kunda o‘zaro tovar yetkazib berish asosan quruqlikdagi transport orqali amalga oshirilayotganini taʼkidlab, shu munosabat bilan mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqning yangi yo‘lagi sifatida charter reyslarini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan Hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi majlisini 2022-yilning ikkinchi yarmida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga ham erishilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga yetkazib beriladigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini oshirish (O‘zbekistonda har yili 20 mln tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqariladi va dunyoning 100 ga yaqin davlatiga 80 dan ortiq turdagi yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar eksport qilinadi), Mo‘g‘ulistondan go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish hamda tomonlar O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning o‘zaro savdo va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishda hamkorlik qilishdan manfaatdor korxonalari ro‘yxatini tuzish kabi kelishuvlarga erishildi.

Qolaversa, bog‘dorchilik va issiqxonalarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish bo‘yicha ikki davlat ilmiy idoralari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.


Bu ham qiziq

Kaliforniyadagi yong‘in sabab “Oskar 2025” mukofotini topshirish marosimi o‘tkazilmaydi

Kaliforniyadagi yong‘in sabab “Oskar 2025” mukofotini topshirish marosimi o‘tkazilmaydi

Dastlab marosim 17-yanvardan 19-yanvarga qoldirilgan edi.
10:02 / 17.01.2025
Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi oltin quymalarni sotishni boshlaydi

Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi oltin quymalarni sotishni boshlaydi

Oltin quymalarni sotish narxi har kuni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida milliy valyutada e’lon qilinadi.
21:00 / 16.01.2025
Turkiyada alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi

Turkiyada alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi

2025-yilning 16-yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi …
15:15 / 17.01.2025
Mirziyoyev “O‘ztransgaz”,“O‘zmetkombinat” va “O‘zsuvta’minot” rahbarlarini ogohlantirdi

Mirziyoyev “O‘ztransgaz”,“O‘zmetkombinat” va “O‘zsuvta’minot” rahbarlarini ogohlantirdi

etarli sharoit bo‘la turib, investitsiya rejasi to‘qimachilikda 17 million dollarga kam bajarilgani, investitsiya “O‘ztransg…
15:39 / 16.01.2025
“Tashabbusli byudjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi

“Tashabbusli byudjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy Majlis Senati kengashining 2025-yil 13-yanvardagi qaroriga asosan “Tashabbusli byudjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha a…
14:13 / 16.01.2025
Qozog‘istonda karantin e’lon qilindi

Qozog‘istonda karantin e’lon qilindi

Bu haqda mahalliy “Наша газета” nashri xabar berdi.
15:05 / 17.01.2025
“Salimboy mamlakatimiz janubini to‘liq nazorat qilardi” — Tashiyev

“Salimboy mamlakatimiz janubini to‘liq nazorat qilardi” — Tashiyev

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev u “davlat manfaati uchun” yo‘q qilinganini aytgandan so‘…
12:16 / 17.01.2025
Xorazm viloyatida 225 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Xorazm viloyatida 225 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilind…
18:23 / 17.01.2025
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
09:54 / 17.01.2025
Sulh tuzilishiga qaramay Isroil G‘azoga hujumlarni to‘xtatmayapti

Sulh tuzilishiga qaramay Isroil G‘azoga hujumlarni to‘xtatmayapti

Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.
11:24 / 17.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!