$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

O‘zbekistonliklarni favqulodda holatlarda daromadsiz qolishdan himoya qiluvchi Jamg‘arma tashkil qilinadi

15:59 / 25.05.2022

“2022-2030-yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab, byudjetdan tashqari Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan 5 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi.

Shuningdek, hududiy Moliya bosh boshqarmalari huzurida ham 2 ta shtat birligidan iborat hududiy jamg‘armalar tashkil etiladi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Jamg‘armaning asosiy maqsadi fuqarolarning kutilmagan holatlarda (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, baxtsiz hodisa, ish o‘rinlarining qisqarishi va boshqa holatlarda) daromadsiz qolishdan himoya qilish etib belgilanmoqda.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– rasmiy ishlovchi xodimlarda ijtimoiy sug‘urta xodisalari yuzaga kelganda qonunchilikda belgilangan tartibda kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirilishini taʼminlash;

– Jamg‘arma tushumlari va xarajatlarini hisobini yuritish va monitoring olib borish;

– ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirib borish.

Jamg‘arma manbalari etib esa dastlabki bosqichda, Davlat byudjeti mablag‘lari, keyingi bosqichda, xodimlar tomonidan to‘lanadigan majburiy ijtimoiy ajratmalar, ijtimoiy soliq tushumining bir qismi va Davlat byudjeti mablag‘lari hisoblanadi.

Bundagn tashqari, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

– birinchi bosqichda, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi. Bunda, ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasining uning mehnat staji va ish haqidan kelib chiqib belgilangan miqdorining qolgan qismini to‘lash ish beruvchilar hisobidan amalga oshiriladi;

– ikkinchi bosqichda, 2024-yildan boshlab xo‘jalik korxonalarida rasmiy ishlovchi ayollarga umumiy ish staji va sug‘urtalangan staji hamda o‘rtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqib, homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash va bu orqali ushbu xarajatlar ish beruvchi zimmasidan to‘liq olinadi;

– uchinchi bosqichda, 2025-2030-yillarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi, ishsiz qolish nafaqasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari oqibatidagi sug‘urta to‘lovlari amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Zaharlanayotgan Boysun

Zaharlanayotgan Boysun

Mana ikki yarim oydirki Boysun aholisi zaharli gazdan qiynalyapti. Sentyabr oyida boshlangan mazkur texnogen hodisaga 2 yari…
16:02 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024
Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
21:39 / 21.11.2024
Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning ballistik raketa bilan hujumiga munosabat bildirdi.
10:55 / 22.11.2024
Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024
Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Kecha, 21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun hibsga olish to‘…
09:38 / 22.11.2024
23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
23:34 / 22.11.2024
22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024
Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
17:39 / 22.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!