Turkiyalik taniqli aktyor va rejissyor Oʻzjan Deniz eronlik dizayner Samar Dadgar bilan turmush qurish arafasida ekanligini maʼlum qildi. Aktyor 27 yoshli qizning qoʻlini soʻragan, qiz esa uning taklifiga rozilik bergan.
Maʼlumotlarga koʻra, juftlikning turmush qurishiga Oʻzjan Denizning onasi Qadriye Dengiz rozi emas. U oʻgʻlining oʻzidan 22 yosh kichik qiz bilan oila qurishini maʼqul deb bilmagan.


Maʼlumot uchun, Oʻzjan Deniz va Samar Dadgar oʻrtasidagi munosabatlar haqida turkiyalik jurnalistlar “Seni shunchalar uzoq kutdim” filmining suratga olish ishlari boshlangan vaqtda xabar topishgan. Ushbu filmga Oʻzjan Dengiz prodyuserlik qilgan va undagi bosh rolni ham oʻzi ijro etgan.
Oʻzjan Deniz bugungi kunga qadar ikki marta uylanib ajrashgan. U birinchi rafiqasi Xandan Deniz bilan birga 9 yil umr kechirgan, ikkinchi bor Feyza Aktan bilan oila qurgan. Juftlikning turmushi bor-yoʻgʻi bir yil davom etgan, ajrimdan soʻng Feyza Aktan Oʻzjan Denizni zoʻravonlikda ayblab sudga bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!