Pokistondagi O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Pokiston kompaniyasi bilan savdo va qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalar kelishib olindi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning yirik to‘qimachilik kompaniyasi “Diners Group” rahbari Suhail Moten bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida yig‘ilish ishtirokchilari tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdilar. Toshkent, Samarqand, Karachi va Lahorda ikki davlat savdo uylarining tashkil etilishi hamkorlikning yangi yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda tibbiyot kolleji va shifoxona ochishni rejalashtirmoqda.
Birinchi savdo uylarini Karachida fevral oyida, Toshkentda esa 2025-yil mart oyida tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ayni paytda Karachi shahridagi O‘zbekiston sanoat tovarlari savdo uyi binosi tayyor. Ochilish marosimi 2025-yil 3-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.
“Ko‘rgazma mahsulotlari yetib kelguniga qadar pavilonlarda O‘zbekiston mahsulotlari va ishlab chiqaruvchilari haqidagi videoroliklar namoyish etiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Korxona rahbari O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi, jumladan, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Yangi loyihalarni amalga oshirish uchun joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!