Suriya mamlakatning Damashqdagi asosiy aeroporti kelasi haftadan boshlab xalqaro reyslarni qayta yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi.
Bu haqda SANA davlat axborot agentligi Fuqaro aviatsiyasi va havo transporti bosh boshqarmasi rahbari Ashhad Al-Salibiyga tayanib yozgan.
“Arab va xalqaro aviakompaniyalarni ishontirib aytamizki, hamkorlarimiz yordamida Halab va Damashq aeroportlarini butun dunyodan parvozlarni qabul qilish uchun tiklash bosqichini boshladik”, – degan mulozim.
Suriyaga gumanitar yordam va xorijiy diplomatik delegatsiyalarni olib uchgan dastlabki samolyotlar allaqachon manzilga yetgan. Ichki reyslar ham tiklangan.
Masalan, Qatar Airways qariyb 13 yillik tanaffusdan so‘ng haftasiga uch martalik jadval asosida Suriya poytaxtiga havo qatnovi yo‘lga qo‘yilganini e’lon qilgan. O‘tgan oy Qatar rasmiylari Doha yangi hukumatga Damashq aeroportini qayta ochish uchun yordam taklif qilishini aytgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!