Joriy yilning 5-yanvar kuni soat 22:57 da Andijon viloyati Shahrixon tumani “Shahrixon” MFY Amir Temur ko‘chasida joylashgan maishiy savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan, soat 23:00 da aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv ekipajlarlari yetib borgan va soat 23:45 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Bu haqda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Yong‘in natijasida savdo do‘konining 300 m.kv maydonida shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlangan.
Xabarga ko‘ra, yong‘in natijasida hech kim tan jarohati olmagan va hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!