$
12581.97 UZS
84.22
157.75 UZS
0.96
14698.26 UZS
39.65
31° Kechasi 19°

Prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

21:25 / 14.02.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi.Bu haqda  Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 1-iyunda Prezidentning “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.

O‘tgan davrda Agentlik tomonidan ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va manzilliligi joylarga chiqib o‘rganildi. Bu jarayonda tizimni mahalla darajasida adolatli tashkil etish, to‘g‘ri moliyalashtirish, og‘ir ahvolga tushib qolgan odamlarning ijtimoiylashuviga ko‘maklashishda kamchiliklar borligi ayon bo‘ldi.

Taqdimotda ushbu muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Ularga ko‘ra, endi mahalladagi “yettilik” oilalardagi ijtimoiy muammoning sababi, ularga ta’sir qiluvchi omillar aniqlaydi, mavjud imkoniyatlar baholab, ularni og‘ir vaziyatdan olib chiqish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni safarbar qiladi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan yordamlarni oilaning ijtimoiy ahvolini individual baholash asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, hayotga samarali joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya talablarini hayotga tatbiq etishni izchil davom ettirish, jumladan, nogironligi bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish, jamiyatga integratsiya qilish, sifatli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.


Bu ham qiziq

PSJ UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

PSJ UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Jamoa penaltilar seriyasida “Tottenhem”dan ustun keldi.
10:03 / 14.08.2025
O‘zbekistonda aholining ishsizlik darajasi pasaydi

O‘zbekistonda aholining ishsizlik darajasi pasaydi

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi yarmida ishsizlik darajasi 0,4 foizga kamayib, umumiy 5,1 foizni tashkil etgan.
17:05 / 14.08.2025
O‘zbekistonliklar huquq va buxgalteriya sohasidagi xizmatlar uchun salkam 1,5 trillion so‘m pul to‘lagan

O‘zbekistonliklar huquq va buxgalteriya sohasidagi xizmatlar uchun salkam 1,5 trillion so‘m pul to‘lagan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qarib 12 foizga oshdi
18:56 / 14.08.2025
Chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4 foizga oshgan

Chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4 foizga oshgan

Davlatlar kesimida eng ko‘p Xitoy korxonalari yurtimizda faol hisoblanadi
19:47 / 14.08.2025
Sochida giyohvandlik jinoyatida ayblangan O‘zbekiston fuqarosiga hukm o‘qildi

Sochida giyohvandlik jinoyatida ayblangan O‘zbekiston fuqarosiga hukm o‘qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik shaxs giyohvand moddalar tarmog‘ida kuryer bo‘lib ishlagan.
12:30 / 14.08.2025
Toshkent va Namanganda chet elga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkent va Namanganda chet elga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Ular fuqarolardan Xorvatiya davlatiga jo‘natish evaziga pul talab qilgan.
09:26 / 14.08.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan texnik nosozlik sabab 399,3 mlrd so‘m yechib oldi

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan texnik nosozlik sabab 399,3 mlrd so‘m yechib oldi

Qo‘mita xabariga ko‘ra, hozirda ushbu mablag‘lar qaytarilmoqda.
11:27 / 14.08.2025
Is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

Is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

Tadqiqot mualliflaridan biri Mark Gledvinning aytishicha, bu kelajakda shoshilinch yordam bo‘limida yoki voqea joyida tezkor…
16:17 / 14.08.2025
O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 95…
17:47 / 13.08.2025
Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan ona va ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan ona va ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustgacha e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi do…
12:09 / 14.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!