$
12585.01 UZS
27.34
145.06 UZS
-2.31
13538.95 UZS
90.94
30° Kechasi 18°

Prezident O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘lladi

17:11 / 30.06.2024

"Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

Siz, azizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimiz ijobatini, Yangi O‘zbekiston kelajagini butun el-yurtimiz qatori sizdek azm-u shijoatli farzandlarimiz bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Shu bois, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni kamol toptirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.

Bu haqda so‘z yuritganda, so‘nggi yillarda yurtimizda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dunyoda o‘xshashi kam bo‘lgan vertikal boshqaruv tizimi yaratilganini ta’kidlash lozim. Bu esa mahallalardagi Prezident vakillari bo‘lgan yoshlar yetakchilari orqali qancha-qancha yigit-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni quyi bo‘g‘inning o‘zida  hal etish imkonini bermoqda.

Ayniqsa, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar balansi” platformasi asosida olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarimiz natijasini o‘g‘il-qizlarimiz o‘z hayotida aniq his etmoqda.

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha joriy etilgan yangi tizim tufayli bu yilning o‘zida “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan 156 ming yoshga 60 ming gektar yer maydoni 30 yil muddatga ijaraga berilgani ham shu yo‘ldagi muhim qadamdir.

Albatta, yoshlarning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli sohalarda muhim yutuqlarga erishayotgani barchamizni xursand qiladi. Birgina o‘tgan o‘quv yilida maktab o‘quvchilarimizdan 55 nafari matematika, kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 15 ta kumush, 32 ta bronza medalini, madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro tanlovlarda esa yoshlarimizning 383 nafari bosh sovrinni, 1 ming 359 nafari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yaqinda Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi o‘yinlarida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani ham barchamizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Mana, bizning qanday iste’dodli, bilimli va matonatli yoshlarimiz bor! “Yangi O‘zbekiston yoshlari” degan sharafli nomga har tomonlama munosib bo‘lgan bunday yigit-qizlar bizning bebaho boyligimiz, oltin fondimizdir.

Qadrli navqiron do‘stlarim!

O‘zbekistonda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar dunyo miqyosida tan olinmoqda. O‘tgan yili Yoshlar taraqqiyoti indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar siyosati sohasida eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri, deb e’tirof etilgani ham shundan dalolat beradi. Shuningdek, BMT tomonidan “Yoshlar strategiyasi – 2030”ni namunaviy tarzda amalga oshirish bo‘yicha tanlab olingan 10 ta mamlakatdan biri aynan O‘zbekistondir. 2022-yilda Buxoro shahri – Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, 2024-yilda esa azim Toshkentimiz – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mintaqasida birinchi yoshlar poytaxti deb e’lon qilindi.

Shu kunlarda mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan Butunjahon yoshlar festivali ham O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu anjumanda 92 ta mamlakatdan 700 nafardan ziyod chet ellik yoshlar, 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vazirlik va idoralaridan rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etmoqda. Eng muhimi, yurtimiz yoshlarining butun dunyoda do‘stlari, hamkorlari ko‘paymoqda, bilim va kasb o‘rganish, global muloqot va almashuvlarda ishtirok etish imkoniyatlari kengaymoqda.

Aziz o‘g‘il-qizlarim!

Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorug‘ bo‘ladi. Biz O‘zbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz.

Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!" – degan prezident.


O‘zbekiston


														
														Yaponiyada 12 500 ta filmni 1 soniyada yuklab olish mumkin

Yaponiyada 12 500 ta filmni 1 soniyada yuklab olish mumkin

Ushbu rekord haqida “SAYS” nashri xabar berdi.
16:26 / 02.07.2024

														
														Toshkent shahar hokimi deputat etib saylandi

Toshkent shahar hokimi deputat etib saylandi

Bugun, 2-iyul kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
13:04 / 02.07.2024

														
														Poytaxtning 3 ta tumanida gaz o‘chirildi

Poytaxtning 3 ta tumanida gaz o‘chirildi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
10:37 / 02.07.2024

														
														Marg‘ilondagi xonadondan 37 kg giyohvandlik moddasi topildi

Marg‘ilondagi xonadondan 37 kg giyohvandlik moddasi topildi

Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
09:47 / 02.07.2024

														
														2-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2-iyul kuni Toshkent shahrida havo biroz…
01:26 / 02.07.2024

														
														O‘zbekistonda karam eksporti 2 barobarga oshgan

O‘zbekistonda karam eksporti 2 barobarga oshgan

Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.
14:25 / 01.07.2024

														
														Joriy yilning 1-iyul sanasidan boshlab, O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar kuchga kirmoqda

Joriy yilning 1-iyul sanasidan boshlab, O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar kuchga kirmoqda

Unga ko‘ra, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar, IT-kompaniyalar uchun grantlar, maktablarda fo…
13:07 / 01.07.2024

														
														Surxondaryoda prokuror 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda prokuror 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Bu haqda Hayot Shamsutdinov ma’lum qilgan.
12:53 / 01.07.2024

														
														Bugundan magistraturaga qabul boshlandi

Bugundan magistraturaga qabul boshlandi

Bu haqda Davlat Test Markazi xabar berdi.
12:04 / 01.07.2024

														
														Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.
09:52 / 01.07.2024

Bu ham qiziq

Toshkent shahar hokimi deputat etib saylandi

Toshkent shahar hokimi deputat etib saylandi

Bugun, 2-iyul kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
13:04 / 02.07.2024
WhatsApp 2024-yilda qaysi smartfonlar ustida ishlashni to‘xtatadi – 47 model

WhatsApp 2024-yilda qaysi smartfonlar ustida ishlashni to‘xtatadi – 47 model

“Gizchina” portali mutaxassislarining yozishicha, ko‘plab foydalanuvchilar hali ham 5-10 yil oldin chiqarilgan smartfonlarda…
17:33 / 01.07.2024
Obama Baydenning saylovda g‘alaba qozonishiga ishonmaydi

Obama Baydenning saylovda g‘alaba qozonishiga ishonmaydi

“AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning aytishicha, hozirgi Amerika rahbari Jo Bayden prezidentlik saylovlarida g‘alaba q…
14:29 / 01.07.2024
Abbosbek Fayzullayev Parij Olimpiadasida qatnashmaydimi?

Abbosbek Fayzullayev Parij Olimpiadasida qatnashmaydimi?

Marko Nikolich Abbosbek Fayzullayevning Parij Olimpiadasida ishtirok etishi borasidagi savollarga javob berdi.
13:12 / 01.07.2024
G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 153 nafarga yetdi

G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 153 nafarga yetdi

G‘azo hukumati “Shams” axborot agentligi xodimining o‘limi haqida xabar berdi.
16:46 / 01.07.2024
Qirg‘izistondagi sel oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi sel oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Kabar.kg xabar berdi.
10:48 / 01.07.2024
Yoga kelgusi Olimpiya o‘yinlariga kiritiladimi?

Yoga kelgusi Olimpiya o‘yinlariga kiritiladimi?

Bu haqda Milliy olimpiya assotsiatsiyasi Osiyo Olimpiya kengashining amaldagi rahbari Raja Randhir Singxga maktub yo‘llagan.
17:05 / 01.07.2024
O‘zbekistonda karam eksporti 2 barobarga oshgan

O‘zbekistonda karam eksporti 2 barobarga oshgan

Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.
14:25 / 01.07.2024
MDHdagi qaysi davlat aholisi eng ko‘p kiberhujumga uchramoqda?

MDHdagi qaysi davlat aholisi eng ko‘p kiberhujumga uchramoqda?

Aksariyat mamlakatlarda hujumlar soni 2023-yil oxiriga kelib ko‘paygan.
15:35 / 01.07.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!