$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

17:47 / 25.09.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi IX yillik yig‘ilishining ochilish sessiyasida ishtirok etdi.

Sammitning asosiy mavzusi – “Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish”. Kun tartibidan global iqtisodiyot va moliya sohalaridagi dolzarb masalalar, Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida infratuzilmani rivojlantirishning strategik dasturlari va rejalarini muhokama qilish o‘rin olgan.

Davlatimiz rahbari yig‘ilishda nutq so‘zladi.

- Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi mintaqamizda ilk bor o‘tkazilmoqda. Buning uchun O‘zbekiston tanlangani o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorligimizning yuksak namunasi, deb hisoblaymiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisi hozirgi kunda dunyoda murakkab geosiyosiy vaziyat saqlanib qolayotganini, global iqtisodiyotda beqarorlik kuchayib, oziq-ovqat va energiya resurslari taqchilligi ortib, ekologik muammolar keskinlashib borayotganini ta’kidladi.

Yer yuzi aholisining to‘rtdan bir qismi toza ichimlik suvi muammosiga duch kelmoqda, qariyb 800 million kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida yashayapti.

Mahsulot yetkazib berishning an’anaviy logistika zanjirlari buzilmoqda, bu esa xomashyo resurslari va iste’mol tovarlarining qimmatlashuviga olib keldi.

Bularning barchasi infratuzilmaga bo‘lgan yuklamani keskin oshiradi va iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘ladi.

2030-yilgacha dunyoda yangi infratuzilma yaratish uchun 15 trillion dollar investitsiya talab etiladi, xorijiy investitsiyalar oqimi esa so‘nggi ikki yil davomida yiliga 10 foizga kamayib, moliyaviy resurslar narxi 2 barobarga oshgan.

Bunday sharoitda xalqaro moliya tashkilotlarining roli tobora ortib bormoqda.

Joriy loyiha portfeli 55 milliard dollar bo‘lgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki qisqa vaqt ichida yetakchi moliya institutlaridan biriga aylangani alohida ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar va yangilanishlar siyosatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish, aholi turmush darajasi va daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Ushbu maqsadlarga erishishda xalqaro moliya institutlari, shu jumladan OIIB bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Eng avvalo, tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, odamlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, aholining sifatli ta’lim va tibbiyotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, olis hududlarda infratuzilma tarmoqlarini yaratish orqali “ko‘p o‘lchamli” kambag‘allikni qisqartirish dasturi amalga oshirilmoqda.

Inson kapitalini rivojlantirish loyihalarini hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi sifatida belgilash taklif etildi.

Davlatimiz rahbari forumning asosiy mavzusini inobatga olgan holda, barqaror infratuzilmani yaratish sohasida xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha katta tajriba to‘planganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatimizda 2030-yilgacha 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish dasturi qabul qilingan.

Xususan, Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘llarini qurish, Toshkent-Samarqand, Samarqand-Navoiy-Buxoro tezyurar temir yo‘lini barpo etish, 6 ta xalqaro aeroportni modernizatsiya qilish va boshqa muhim loyihalar amalga oshiriladi.

OIIB bilan o‘rta shaharlarni rivojlantirish va qishloq joylarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.

Yana bir ustuvor yo‘nalish – “yashil” iqtisodiyotni jadal rivojlantirish. O‘zbekistonda 2030-yilga borib “yashil” energiya ulushini 40 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Yaqin yillarda quyosh, shamol va gidro elektr stansiyalari, infratuzilma obyektlari va tarmoqlarini qurish rejalashtirilmoqda.

Yirik “yashil” ma’lumotlar markazlarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga “yashil” sertifikatlar bozori shakllantiriladi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoni “yashil” energiyaning yirik eksportchisiga aylantirishga qaratilgan katta ishlarni alohida ta’kidladi. Buning misollaridan biri Transkaspiy energiya ko‘prigi qurilishi hisoblanadi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda “yashil” energetikani rivojlantirish dasturini amalga oshirish taklif etildi.

Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotganiga e’tibor qaratildi.

“Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi buning yorqin misolidir.

Ayni paytda Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslari taqchilligi muammolari ayniqsa o‘tkir tus olmoqda.

Mamlakatimiz rahbari Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha Mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Prezident OIIBning O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi. Bugungi kunda infratuzilma, energetika, transport, suv ta’minoti, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan qo‘shma loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshgan. 4 milliard dollarlik yangilangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

- Kelgusi ikki kunda Bank boshqaruvchilari oldida juda muhim global va mintaqaviy muammolarga zamonaviy yondashuvlar asosida yechimlar topish, yangi loyiha va dasturlarni muhokama qilish kabi mas’uliyatli vazifalar turibdi. Sizlar qabul qiladigan qarorlar Bankka a’zo mamlakatlarda yashaydigan 6 milliarddan ziyod aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladi, - dedi so‘zining yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari sammit ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

 


O‘zbekiston


														
														Yashnoboddagi yong‘in bartaraf etildi

Yashnoboddagi yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 24-noyabr kuni soat 16:03 da Toshkent shahar Yashnabod tumani “Bunyodkor” MFY, Farg’ona yo‘li ko‘chasida joylashgan u…
17:16 / 24.11.2024

														
														BAAdan chiqishga taqiq qo‘yilgan o‘zbek yigiti vatanga qaytarildi

BAAdan chiqishga taqiq qo‘yilgan o‘zbek yigiti vatanga qaytarildi

Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
10:43 / 24.11.2024

														
														O‘zbekiston 10 oy davomida rekord darajada gaz import qildi

O‘zbekiston 10 oy davomida rekord darajada gaz import qildi

2024-yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston rekord darajadagi 1,36 milliard dollarga gaz import qilgan. Bu haqda Prezident …
18:00 / 23.11.2024

														
														24-noyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi

24-noyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-noyabr kuni Toshkentda havo biroz bul…
17:54 / 23.11.2024

														
														Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:– barcha turdagi …
17:10 / 23.11.2024

														
														“Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan

“Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘c…
14:09 / 23.11.2024

														
														Qirg‘izistondagi 5,3 magnitudali zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistondagi 5,3 magnitudali zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Zilzila epitsentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda.
13:50 / 23.11.2024

														
														23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
23:34 / 22.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024

														
														“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

Sattarov shu yilning fevral oyida o‘g‘irlik va rasmiy soxtalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan Anvar Jurayevning o‘rni…
21:50 / 22.11.2024

Bu ham qiziq

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
17:39 / 22.11.2024
23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
23:34 / 22.11.2024
BAAdan chiqishga taqiq qo‘yilgan o‘zbek yigiti vatanga qaytarildi

BAAdan chiqishga taqiq qo‘yilgan o‘zbek yigiti vatanga qaytarildi

Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
10:43 / 24.11.2024
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi mudofaa va xavfsizlik sohasini qamrab oladi

Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi mudofaa va xavfsizlik sohasini qamrab oladi

Bu haqda TASS nashri Rossiya federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenkoning so‘zlariga asoslanib yozm…
13:10 / 24.11.2024
Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024
24-noyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi

24-noyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-noyabr kuni Toshkentda havo biroz bul…
17:54 / 23.11.2024
Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirl…
20:30 / 22.11.2024
AQSh uyg‘urlar mehnatidan foydalanadigan Xitoy kompaniyalarining “qora ro‘yxatini” kengaytirdi

AQSh uyg‘urlar mehnatidan foydalanadigan Xitoy kompaniyalarining “qora ro‘yxatini” kengaytirdi

AQSh mahsulotlari mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan kompaniyalarning “qora ro‘yxatini” yana kengaytirganini e’lon qildi.
14:46 / 24.11.2024
2025-yil iyul oyidan boshlab Qirg‘izistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanadi

2025-yil iyul oyidan boshlab Qirg‘izistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanadi

Qirg‘iziston yetakchisi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2025-yil 1-iyuldan boshlab…
17:35 / 23.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!