$
12066.22 UZS
62.2
₽
149.74 UZS
0.94
€
13444.18 UZS
82.51
31° Kechasi 18°

Qamoqxonadan qabristonga aylangan shahar

15:31 / 05.11.2023

Dunyoning u tomonida jonsiz tanasi toshlar ostida yotgan begunoh bolaning qo‘llari, dunyoning bu tomonida esa, har kuni qo‘lida kitoblari ila maktabga borib qaytadigan jiyanlarim… G‘azo bolalar qabristoniga aylanib borayotgani yuragi bor insonni larzaga solishi, shubhasiz. Jang qilayotgan kattalar-u jon berayotgan bolalar…

Isroil va XAMAS o‘rtasidagi urush joriy yilning 7-oktyabr kuni Isroil hududiga yuzlab raketalar otilgani bilan boshlandi. Isroil hukumati bunga javoban XAMASga qarshi urush e’lon qildi va G‘azo sektorini keng ko‘lamli o‘qqa tuta boshladi.

“G‘azo – bolalar qabristoni”!

4-noyabr holatiga ko‘ra, G‘azoda Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 9488 kishiga yetdi. Shulardan 3 648 nafari bolalar, 2 290 nafari ayollardir. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlar 22 219 kishini tashkil etmoqda, 2 030 kishi bedarak yo‘qolgan.

UNICEF G‘azo bolalar qabristoniga aylanganini ma’lum qildi. Shu kungacha Falastin anklavidagi voyaga yetmaganlar soni 3,4 mingdan oshdi. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda BMT Bolalar jamg‘armasining rasmiy vakili Jeyms Elder ma’lum qildi.

U Isroil hukumatini zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va insonparvarlik yordamining uzluksiz kelishi uchun barcha o‘tish punktlarini ochishga chaqirganini takrorladi. “Agarda 72 soat davomida o‘t ochishni to‘xtata olganimizda edi, bu 1000 nafar bolani yana xavfsiz holatga keltirish imkonini berardi”, – dedi UNICEF vakili.

Elderning ta’kidlashicha, bolalar hayotiga tahdid “bomba va minomyotlar bilan cheklanmaydi”. Suvsizlanishdan chaqaloqlar o‘limi anklavda “o‘sib borayotgan tahdid” bo‘lib, G‘azoda suv ishlab chiqarish unga bo‘lgan talabning 5 foizini tashkil qiladi. Buning sababi shundaki, ko‘pchilik tuzsizlantirish qurilmalari shikastlangani yoki yoqilg‘i yetishmasligi sababli ishlamayapti.

“Dunyo yetarli deyishi uchun G‘azoda qancha bola o‘lishi kerak? – shotlandiyalik vazir.

Dunyo yetarli deb aytishi uchun G‘azoda yana qancha bola o‘lishi kerak? Ushbu gapni Shotlandiyaning birinchi musulmon vaziri Hamza Yusuf o‘zining X sahifasida yozib qoldirdi.

X’dagi postida Yusuf G‘azoning kuchli bombardimon ostida qolgani, telekommunikatsiyalar uzilib qolgani va deyarli 3 haftadan beri mintaqada qamalib qolgan oila a’zolari bilan bog‘lana olmayotganini qayd etgan.

“Biz faqat ular tunda omon qolishlari uchun ibodat qilishimiz mumkin. Dunyo yetarli deguncha yana qancha bola o‘lishi kerak?”, deydi vazir.

“Barcha o‘quvchilarimiz o‘lganligi sababli 2023/2024-o‘quv yili tugatildi…”                                                                                                     

Ijtimoiy tarmoqlarda G‘azoda o‘quv yili tugagani, chunki ko‘plab o‘quvchilar halok bo‘lgani haqida ko‘plab postlar tarqalmoqda.

“Barcha o‘quvchilarimiz o‘lganligi sababli  2023/2024-o‘quv yili tugatildi…”, deyiladi Instagram postlaridan birida. Biroq 2023/24-o‘quv yili bekor qilingani haqida hech qanday rasmiy xabar yo‘q va bularning barchasi asossiz noto‘g‘ri ma’lumotdir.

Twitter’dagi eng birinchi post 26-oktabrda, tadbirkor Fares Shahabi vayron bo‘lgan G‘azodagi bolalar tasviri bilan bo‘lishganda paydo bo‘ldi.

“G‘azoda bu o‘quv yili maktablarning vayron bo‘lishi va o‘quvchilarning o‘limi tufayli bekor qilindi...!”, deya sarlavhaga yozdi.

O‘quv yili bekor qilinmadi, lekin bolalarning qatnashishi dargumon, chunki ko‘p joylar vayron bo‘lgan va boshqa binolar favqulodda boshpana sifatida foydalanilayotgani haqida aytilmoqda.

“G‘azo oldin qamoqxona edi, endi qabristonga aylandi”

“Bu qochadigan joyi yo‘q, qamaldagi aholini ataylab bombardimon qilishdir. G‘azo qariyb yigirma yil davomida ochiq qamoqxona bo‘lib kelgan va tez sur’atlarda ommaviy qabristonga aylanib bormoqda. Halok bo‘lganlarning 40 foizi begunoh bolalardir. Butun boshli oilalar o‘ldirilmoqda. Dunyo bunga guvoh bo‘layotgan va ko‘plab hukumatlar faol qo‘llab-quvvatlayotgan bir paytda millionlab falastinlik tinch aholi –  bolalar, ayollar, oilalar xalqaro huquqqa zid ravishda jazolanmoqda va oziq-ovqat, dori-darmon, insonparvarlik yordamidan mahrum qilinmoqda” – Anjelina Joli.

Taniqli Gollivud aktrisasi Anjelina Joli G‘azo sektorida begunoh halok bo‘layotgan aholini haqda o‘zining Facebook’dagi sahifasida post qoldirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, insonparvarlik sulhini talab qilishdan bosh tortish va BMT Xavfsizlik Kengashining har ikki tomonga ham kelishuvni yuklashiga to‘sqinlik qilish bilan dunyo yetakchilari bu jinoyatlarga sherik bo‘lyapti.

Shuningdek, Anjelina Joli sektorga yetkazib berilayotgan insonparvarlik yordamlariga bo‘lgan talab tobora ortayotganiga to‘xtaldi va butun insoniyat nomidan sulh talab qildi.

“Insoniyat zudlik bilan sulh talab qiladi. Falastin va isroilliklarning hayoti butun dunyodagi barcha odamlarning hayoti bilan teng ahamiyatga ega”, dedi BMTning sobiq elchisi.

Aktrisaning bildirishicha, u ham G‘azo sektoriga tibbiy yordam uchun xayriya qilgan.

“Yana qancha bolalar o‘lishini kutmoqdasiz?”

Turkiyadagi Misr, Eron, Iroq, Livan hamda Iordaniya elchixonalari oldiga “yana qancha bolalar o‘lishini kutmoqdasiz?”, deya yozilgan bolalar tobutlari qo‘yib ketildi.

So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, XAMAS 7-oktyabrda asirga olingan barcha isroilliklarni ozod qilish yuzasidan kelishuv bo‘yicha Isroil bilan to‘liq murosaga tayyor, evaziga esa Isroil qamoqxonalaridagi barcha qo‘lga olinganlar ozod etilishini talab qilmoqda.

Agar bu urushlar tezroq tugamas ekan, dunyo yana necha minglab begunoh bolalarning jasadini o‘z bag‘riga olishda davom etadi…                                                                                                                                                                                                                            Jurnalist: Sabohat Saidrizo



														
														Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026

														
														Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

U yarim yil davomida evakuatsiya qilinishini kutgan – og‘ir jarohatlari tufayli o‘z oyoqlarini kesib tashlashiga to‘g‘ri kel…
17:17 / 25.10.2026

														
														Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026

														
														Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

														
														Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

														
														Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026

														
														Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026

														
														Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

														
														AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026

														
														Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha Milliy mudofaa vazirligi mamlakatning urush va zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga to‘liq tayyorgarligini ta’minlashga …
09:41 / 03.10.2026

Bu ham qiziq

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Bugun, 29-oktabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio ş…
12:01 / 30.10.2026
Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:45 / 29.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!