$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

Qimmatbaho toshlarning eng nodir namunalari qayerda saqlanadi?

16:31 / 30.11.2022

Bilsangiz, insonning boyligini turli usullar bilan baholash mumkin. Ayrim insonlar oʻz hisobidagi pullarni koʻpaytirish bilan band boʻlgan bir paytda, yana ayrim insonlar qiymati yillar davomida yoʻqolmaydigan buyumlar xarid qilishadi. Tushunganingizdek, bu yerda gap qimmatbaho toshlar haqida bormoqda.

Barchaga maʼlumki, bu kabi toshlar haddan tashqari chiroyli va qimmatbaho boʻladi. Ammo dunyoda shunday toshlar ham mavjudki, ularga qimmat degan tarifning oʻzi kamlik qiladi. Bu kabi toshlarni super qimmat deya atash oʻrinli.

Bizning bugungi maqolamiz ham aynan shu haqida.

Avval bir narsani tushunib olishimiz kerak. Aslida qimmatbaho toshlarning qiymati qay usulda aniqlanadi? Agar biror mutaxassis ularga qarab turib toshning qanchalar chiroyli ekanligidan kelib chiqqancha narxini aniqlab berishi mumkin desangiz qattiq adashasiz.

Zargarlik olamida karat degan tushuncha mavjud. Bu mazkur sohadagi asosiy oʻlchov birligi boʻlib, qimmatbaho toshlar va marvaridlarni oʻlchash uchun qoʻllaniladi. 1 karat 200 milligrammga teng. Toshdagi karatlar qanchalik koʻp boʻlsa, u shunchalik qimmatbahodir. Ammo nima uchun zargarlar ularni aynan karat bilan oʻlchashadi, oddiygina milligrammlar bilan emas? Buning ham oʻziga yarasha sababi bor, albatta. Qadim zamonlarda yerdagi insonlar orasida oʻlchov va ogʻirlik tushunchalari mavjud boʻlmagan. Turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar farqli oʻlchov birliklarini oʻylab topgan, vazn va narx borasida kelishishning turli usullariga murojaat qilgan. Shu tariqa har bir savdogar oʻzicha ish koʻrgan. Bu oʻrinda zargarlar ham toshlarning ogʻirligini oʻlchash uchun daraxt mevasining qoʻzoqlarini asos qilib qolganlar. Ularning vazni oʻrtacha va shu bilan birga barqaror edi.

Ushbu mahsulotning nomi aksariyat tillarda karat shaklida talaffuz qilingan. Uning nima ekanligini tushunib oldingiz-a?

Demak, bu soʻz oʻylaganingizdan ham ancha avvalroq paydo boʻlgan. Ammo odamlar uzoq vaqt davomida savdo paytida kelisha olmaganlar. Sababi arab karati 223 milligrammni tashkil qilgan boʻlsa, ingliz karati 205,3 milligramm, Misr karati esa 195 milligrammga teng sanalgan. Savdogarlar uchun haqiqiy qulaylik 1907 yilga kelib yaratildi. Bu paytga kelib butun dunyoda bir karatning 200 milligrammga teng ekanligi tan olingan.

Tushunganingizdek, qimmatbaho tosh tarkibida necha karat boʻlsa, uning narxi ham shunga koʻra oshib boraveradi.

Zumrad va sapfir

Oramizda har bir inson ushbu toshlar haqida eshitgani aniq. Aksariyat odamlar haqiqiy zumradni ham, sapfirni ham koʻrgan. Zumradning moʻjizaviy va yorqin yashil rangiga mahliyo boʻlmaslik mumkin emas. Sapfirning betakror koʻk rangi esa har bir odamni oʻziga rom qilib qoʻyadi. Ushbu toshlarning narxi bir karat uchun 8000 dollardan ham oshib ketadi.

Albatta, bu oʻrinda uning qanchalar toza va betakror namuna ekanligiga ham alohida eʼtibor qaratadilar. Qolaversa, biz hozirda odatiy rangdagi toshlar, aniqrogʻi koʻk sapfir va yashil zumrad haqida soʻz yuritmoqdamiz. Bu sizga ham gʻalati eshitilishi mumkin, ammo sapfirlar nafaqat koʻk, balki toʻq sariq rangda boʻlishi mumkin ekan. Odatiy koʻrinishdagi va unchalik ham sof namuna boʻlmagan zumrad yoki sapfir narxi 1 karat uchun 6000 dollarni tashkil qiladi. Balki buni oʻta qimmat deya tan olmassiz? Bu oʻrinda ularning ogʻirligi haqida ham unutish yaramaydi. Misol uchun “Millenium” sapfirining kattaligi salkam futbol koptogi bilan teng keladi. Uning ogʻirligi 61500 karatga teng. Mazkur tosh 134 ta xalqaro yulduzlar suratlari bilan bezatilgan.

Umumiy narxi esa 180 million dollarni tashkil qiladi. Dunyodagi eng qimmat zumrad turli versiyalarga koʻra 400 milliondan 900 million dollargacha boʻlgan narxda baholangan. Ushbu zumrad juda ham mashhur boʻlib, ogʻirligi 900 000 karat yoki 380 kg ni tashkil qiladi.

Bigsbit

Ushbu tosh kamyob topilmalar sirasida kiradi, sababi uni qazib olish tugul, topishning oʻzi ham muammo. Bigsbit toshini faqatgina AQSh yerlaridan qazib olish mumkin. Bundan tashqari tosh faqatgina ikkita shtatning maʼlum maskanlaridan qoʻlga kiritilgan. Bularning biri Yuta shtatidagi Vaka-vaka togʻlari koni boʻlsa, yana biri Nyu-meksiko shtatidir. Ushbu tosh shunchalar kamyobki, avvallari odamlar uning borligi haqida bilmaganlar ham. Toshning goʻzalligidan bahramand boʻlgan yagona insonlar esa – kolleksionerlar boʻlishgan. Tabiiyki, siz ham bu kabi goʻzallikka ega chiqqan ilk insonlardan boʻlsangiz, u haqida boshqalarga aytmagan boʻlardingiz. Bigsbit yorqin va toʻq pushti rangga ega. Uning 1 karati 10-12 ming dollarga baholanadi. Albatta, boshqa toshlar bilan taqqoslaganda uni haddan tashqari qimmat deya taʼriflash qiyin. Gap shundaki, bigsbit toshining odatiy hajmi juda kichkina boʻladi. Shu paytga qadar qoʻlga kiritilgan eng katta bigsbit toshi sayqallash ishlaridan keyin 10 karat ogʻirlikka ega deya tan olingan.

Aleksandrit

Bu turdagi ilk tosh nomi 1842 yilda birinchi marta tilga olingan boʻlib, oʻsha paytlardan beri odamlar uning goʻzalligidan zavq olib kelishadi. Ushbu toshning boshqalaridan farqi – rangini nurlanish darajasiga koʻra oʻzgartira olish imkoniyatidir.

Misol uchun, kunduz kunlari aleksandrit oʻz rangini och yashildan maysalar kabi yashil, keyin esa zaytun rangidagi yashilga oʻzgartiradi. Tun paytida yoki sunʼiy yoritilgan xonalarda esa pushti, siyohrang, qirmizi va qizil ranglarda tovlanadi. Bu kabi ajoyib sifatlarga ega boʻlgan toshning bir karati 37 ming dollar ekanligi ham ajablanarli emas, albatta. Ammo bu kabi narx faqatgina eng chiroyli va sof toshlarga beriladi. Odatiy aleksandritning narxi esa bir karati uchun 10000 dollarni tashkil qiladi. Shu paytga qadar topilgan eng katta aleksandrit Vashingtonning Smitson muzeyidan oʻrin egallagan. Uni Shri-Lanka hududidan qoʻlga kiritganlar. Rekordchi toshning ogʻirligi 65,8 karatga teng. Bu kabi rekord ogʻirlik haqida koʻplab fikrlar ham paydo boʻlgan. Aytishlaricha, dunyoda bundan-da kattaroq aleksandritlar mavjud emish. Ammo, buning oddiy fantaziya mahsuli ekanligiga ham ishonish mumkin.

Paraiba

Ushbu qimmatbaho tosh haqida ham insoniyat yaqindagina xabar topgan deb aytish mumkin. 1987 yilda Braziliyada har qanday zargarni lol qilishi mumkin boʻlgan toshlar – turmalin paraiba koni topildi.

Agar sapfir toʻq va jilokor koʻk rangda tovlanadi desangiz, paraiba toshining qanchalar goʻzal ekanligini koʻrishingiz kerak. Aytishlaricha, uning moviy rangidan inson koʻzlari qamashib ketar ekan. Eng muhimi, mazkur mineralning oʻziga hos sifati ham bor. U betakror nur sochish imkoniyatiga ega.

Toshning siri uning ichki tuzilishida boʻlib, toshga tushgan nur chiziqlar orasida sinadi va uning ustki qismida neon jilo hosil qiladi.

Eng achinarlisi, bu kabi goʻzallikni fotoapparatlar ham, videokameralar ham toʻligʻicha yetkazib bera olmaydi. Uning asl goʻzalligini oʻz koʻzlaringiz bilangina koʻrishingiz mumkin. Ushbu toshning ikkinchi koni Afrikadan 2001-yilda topilgan.

Bundan kelib chiqadiki, dunyoda paraiba qazib olinadigan joylar barmoq bilan sanoqlidir. Shu sababli ham tosh narxi haddan tashqari qimmat. Uning bir karati 12-14 ming dollarga baholanadi. Dunyodagi eng katta turmalin paraiba Ginnessning rekordlar kitobiga ham kiritilgan boʻlib, “Kaufman” kompaniyasi tomonidan ishlangan marjonni bezab turibdi. Ushbu tosh ogʻirligi sayqallash ishlaridan keyin 191,87 karatga teng deya tan olingan. Mazkur toshning umumiy bahosi esa 25-152 million dollar ekanligi aytib oʻtiladi.

Rubin

Bundan 200 yil avval yer yuzidagi har bir inson oʻzida rubindan yasalgan tumor boʻlishi orzusi bilan yashagan. Oradan juda koʻp yillar oʻtgan boʻlsa ham insonlardagi bu istak hamon soʻnmay kelmoqda. Endilikda odamlar ushbu tosh bilan ishlangan taqinchoqlar haqida orzu qiladilar. Rubinning bir karati 15 ming dollarga baholanadi. Auktsionlardagi yirik rubinli taqinchoqlar esa aql bovar qilmas narxlarga sotiladi. Misol uchun 2015-yilning may oyida Jeneva auktsionida “Cartier” kompaniyasi tomonidan ogʻirligi 25,59 karat boʻlmish “Sunrise” rubini bilan ishlangan uzuk sotib olingan. Uning narxi esa 30 million 335 ming dollarni tashkil qilgan. Aniqroq qilib aytganda, toshning har bir karatini taxminan 1 million 185 ming dollarga baholaganlar.

Olmos

Shuni aniq aytish mumkinki, bizning reytingda olmos bor ekanligini yaxshi bilardingiz. Albatta, eng qimmatbaho toshlar haqida soʻz yurita turib olmos haqida tilga olmaslik xato boʻladi. Uning bir karati 15-17 ming dollarga baholab kelingan. Dunyodagi eng yirik olmos esa uzoq vaqt davomida Killinan toshi sanalgan. Uning ogʻirligi ishlov berish jarayoniga qadar 3106 karat boʻlgan. Bu taxminan 621 grammga teng. Ishlov berish jarayoni ham shunchalar qiziq boʻlganki, bu haqida soʻzlamay iloji yoʻq. Olmos mavjud toshlar orasidagi eng qattiq mineral sanaladi. Uni sayqallash jarayoni ham oson ish emas, albatta. Agar qoʻl ostingizdagi material mega qimmat buyum ekanligini bilsangiz, ish yana ham qiyinlashadi. Ushbu toshni sayqallash bilan Yevropadagi eng mohir tosh ustasi Yuzef Asher shugʻullangan. U toshga bitta va yagona zarba berishdan oldin olmosni bir necha oy davomida kuzatib, oʻrganib chiqqan. Bolgʻa bilan kutilgan zarbani bergan paytda esa xavotirdan hushidan ketib qolgan ekan. Oqibatida ulkan olmos hosil boʻlmagan. Tosh ustiga yoriqlar tushgan, 2 ta katta boʻlak, 7 ta oʻrta kattalikdagi olmos va 100 ga yaqin mayda olmoschalar hosil qilingan. Mazkur jarayon uchun 2 yil vaqt sarf etilgan. Keyin esa turli kattalikdagi va umumiy ogʻirligi 163,65 karatga teng 105 ta tosh paydo boʻlgan. Ayni paytda mazkur tosh boʻlaklari qirol Eduard 7 ning saltanat hassasi, Britaniya imperiyasining toji va boshqa Yevropa hukmdorlarining qoʻlida saqlanadi.

Jadeit

Qadim zamonlarda Meksika va Markaziy Amerika odamlari uchun mazkur tosh muqaddas sanalgan. Atsteklar uni quyoshga sigʻinish marosimlari uchun qoʻllaganlar. Bugungi kunda esa mazkur qimmatbaho tosh kolleksionerlar orasida juda mashhur. Sababi uning bir karati 20 ming dollarga baholanadi. Tailand timsoli sanalmish zumrad budda haykali ham aynan mana shu mineral asosida ishlangan.

Paparaja

Toshning nima uchun bunday nomlangani haqidagi taxminlar juda koʻp. Ayrimlar ushbu nom “roja”, yaʼni “podsho” soʻzi bilan bogʻliq ekanligini aytishadi. Yana ayrimlar esa uning nomi quyosh chiqishiga ishora qilishini soʻzlaydilar. Shunisi aniqki, bu kabi toshlar butun yer yuzasida oʻta nodirligi bilan dong taratgan. Uni faqatgina ikkita kondan qazib olishadi.

Paparaja sapfirining 1 karati 30 ming dollarga baholanadi.

Qizil va koʻk olmoslar

Bugun biz tilga olgan olmoslarning aksariyat qismi oq yoki sariq rangli tusda boʻladi. Aynan shu sababli ham kamyob rangdagi, misol uchun koʻk yoki qizil olmoslar narxi osmon qadar yuqori. Buning haqiqat ekanligiga ishonishning oʻzi qiyin. Bu kabi toshlar orasidagi eng mashhuri “Xoup” moviy olmosidir. Uning narxi 200-250 million dollarga teng. Ayrimlar “Xoup” Titanik halokati paytida choʻkib ketgan oʻsha mashhur olmos ekanligini aytishadi. Ammo, bu haqiqatan yiroq fikr. Qizil olmoslar orasidagi eng mashhuri esa “Fred Daymond ilhomi” sanaladi. Uning ogʻirligi 5,11 karat va qiymati 20 million dollarga teng. Qizil va koʻk olmosning bir karati qancha turishi haqida bilishni istaysizmi? Diqqat, tayyorlaning. Bu kabi toshning bir karati narxi 1,5 million dollardan boshlanadi.


Qiziqarli


														
														Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024

														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

Bu ham qiziq

Isroilning G‘azodagi hujumlarida yana bir jurnalist halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumlarida yana bir jurnalist halok bo‘ldi

U Rafah shahridagi uylardan biriga zarba berish chog‘ida halok bo‘lgan.
17:35 / 25.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024
Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Bu izlar "o‘rgimchak" deb nomlandi.
12:07 / 26.04.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024
Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

U buning uchun 3 hafta vaqt sarflagan.
10:18 / 26.04.2024
Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024
Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Biroq Nike bu da’volarni asossiz deb hisobladi.
12:06 / 26.04.2024
Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Bunday parallel haqiqatlar mavjudligini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim avstriyalik fizik Ervin Shredinger edi.
15:50 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!