$
12135.76 UZS
-22.37
153.40 UZS
-0.58
14067.77 UZS
-98.88
31° Kechasi 18°

Denov va Chiroqchi tumani hokimlari ishdan olindi

16:46 / 19.11.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ikki tuman hokimi ishdan olinishi belgilandi.

Videoselektorda davlat rahbari Uzun tumanini namunaviy hududlardan biri sifatida qayd etdi. 51 ta mahallasi bo‘lgan tumanga joriy yil kambag‘allikni qisqartirish va bandlik dasturlari doirasida 160 milliard so‘m mablag‘ berilgan.

Tumanga 70 million dollar xorijiy investitsiya olib kelindi, 47 ta korxona ishga tushirildi, 300 ta servis obyektida 1 ming nafar odam ishli bo‘ldi, 9 ta mahalla uzumchilikka ixtisoslashtirilib, tadbirkor bilan aholi o‘rtasida kooperatsiya yo‘lga qo‘yildi. 2 mingdan ziyod mikroloyihada 4 ming 200 nafar odam daromadli bo‘ldi.

Shularning hisobiga Uzun tumanida yil boshidan kambag‘allik darajasi 10,5 foizdan 3 foizgacha kamaydi.

Shu bilan birga, Uzun tumaniga nisbatan 4,5 barobar ko‘p mablag‘ olgan Denov tumani hokimligi ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani ko‘rsatib o‘tildi. Kambag‘al oilalar reyestriga kirganidan buyon 1 200 ta oila daromadida o‘zgarish bo‘lmagan.

Yoki Chiroqchi tumaniga joriy yil mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditga 309 milliard so‘m resurs berilgan. Lekin tuman hokimligi shuncha resursi bilan ham odamlarga imkoniyatiga yarasha tayyor loyiha bermagan.

Shu bois, Denov tumani hokimi I.Abrorov, uning birinchi o‘rinbosari Sh.To‘raqulov, Chiroqchi tumani hokimi F.Yusupov, uning birinchi o‘rinbosari Z.Ergashev ishdan olinishi belgilandi.

Shuningdek, ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamchiliklar va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh vazirga ishga shunday yondashgan 20 ta — Yashnobod, Buxoro, G‘ijduvon, Koson, Xatirchi, Qumqo‘rg‘on, Yangiyo‘l, O‘zbekiston, Guliston, Yakkabog‘, Andijon, Parkent, Toshkent, Nurobod, Uchtepa, Chortoq, Davlatobod, Oltinko‘l, Qiziriq, Kogon tumanlari hokimlariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish topshirildi.

Mahallalarga yaxshi loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun bankirlar biriktirilgan. Lekin ayrim tuman bankirlari davlatning arzon resursini samarasiz loyihalarga berib yuborayotgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga mahallalarga tushib, loyihalar samaradorligini o‘rganish, sohada nazorat va intizomni kuchaytirish topshirildi.

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi

Kecha, 11-mart kuni imzolangan qonun bilan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kucha…
12:13 / 12.03.2026

														
														Bugun metan “zapravka”lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi – Energetika vazirligi

Bugun metan “zapravka”lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi – Energetika vazirligi

Magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda.
11:42 / 12.03.2026

														
														Toshkent va Andijon viloyatlarida narkotik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi

Toshkent va Andijon viloyatlarida narkotik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvda bo‘lgan, 2003-yilda Farg‘ona vi…
11:16 / 12.03.2026

														
														13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sh…
10:48 / 12.03.2026

														
														Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjonda qo‘lga olindi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabarni tasdiqlagan.
10:17 / 12.03.2026

														
														Toshkent viloyatida 1 kg.dan ziyod “gashish” va 1883 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi fosh etildi

Toshkent viloyatida 1 kg.dan ziyod “gashish” va 1883 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi fosh etildi

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi…
09:12 / 12.03.2026

														
														Toshkent metrosi orqali bir yilda 286,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan

Toshkent metrosi orqali bir yilda 286,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent metropolitenidan foydalanuvchilar soni so‘nggi yillarda keskin o‘…
16:37 / 11.03.2026

														
														Sirdaryoda 700 million so‘mlik mobil qurilmalar kontrabandasi fosh etildi

Sirdaryoda 700 million so‘mlik mobil qurilmalar kontrabandasi fosh etildi

Olib borilgan tekshiruvlar davomida jami 35 dona, jumladan, 30 dona “iPhone 17 Pro Max”, 5 dona “iPhone 17 Pro” modellari bo…
16:31 / 11.03.2026

														
														Quvaytdan 42 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Quvaytdan 42 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan notinch vaziyat sababli O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Quvaytdagi 42 nafar yurtdos…
15:57 / 11.03.2026

														
														12-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:30 / 11.03.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

1-martdan 31-maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26-apreldan 10-iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi …
16:41 / 10.03.2026
AQShdan 72 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

AQShdan 72 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Bugun, 11-mart kuni AQSh O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, mamlakatda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘…
14:43 / 11.03.2026
12-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:30 / 11.03.2026
Shimoliy Koreya yetakchisi qizi bilan birga raketa sinovini kuzatdi

Shimoliy Koreya yetakchisi qizi bilan birga raketa sinovini kuzatdi

Pxenyan rasmiylari bu sinov nafaqat texnik imkoniyatlarni tekshirish, balki mamlakatning yadroviy salohiyati va qat’iyatini …
16:05 / 11.03.2026
Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Ispaniyalik tajribali mutaxassis Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinland…
16:08 / 10.03.2026
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirildi

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirildi

Ushbu tartibga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq barcha jarayonlar dav…
09:25 / 11.03.2026
Sirdaryoda 700 million so‘mlik mobil qurilmalar kontrabandasi fosh etildi

Sirdaryoda 700 million so‘mlik mobil qurilmalar kontrabandasi fosh etildi

Olib borilgan tekshiruvlar davomida jami 35 dona, jumladan, 30 dona “iPhone 17 Pro Max”, 5 dona “iPhone 17 Pro” modellari bo…
16:31 / 11.03.2026
Tailandda yo‘lovchi samolyoti qo‘nish paytida shassisi shikastlandi

Tailandda yo‘lovchi samolyoti qo‘nish paytida shassisi shikastlandi

Tailandning Pxuket aeroportida bortida 140 kishi bo‘lgan Air India Express yo‘lovchi samolyoti shassisi (g‘ildiraklari) bila…
16:58 / 11.03.2026
Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularning sof og‘irligi 1 kg 232 gr bo‘lib, umumiy bahosi 2 mlrd 182 mln 466 ming so‘mni tashkil…
09:54 / 11.03.2026
Sirdaryoda Tojikistondan kontrabanda qilingan qariyb 63 kg narkotik to‘xtatib qolindi

Sirdaryoda Tojikistondan kontrabanda qilingan qariyb 63 kg narkotik to‘xtatib qolindi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
10:22 / 10.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!