$
11937.89 UZS
-10.69
141.76 UZS
-2.53
13769.16 UZS
-24.28
31° Kechasi 18°

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

17:02 / 20.11.2025

Kecha, 19-noyabr kuni Isroilning G‘azodagi hujumlari kamida 28 falastinlikning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu Isroil va XAMAS o‘rtasidagi tinchlik bitimidan keyingi hujumlardan biri hisoblanadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) bu hujumlarni Janubiy G‘azodagi Xon Yunus shahrida “bir nechta terrorchilar” Isroil askarlariga o‘q uzgani uchun amalga oshirilganini aytgan. SAXAL xabariga ko‘ra, ular tinchlik bitimini buzgan, ammo qo‘shindan hech kim jarohat olmagan.

XAMAS esa hujumlarni “jiddiy keskinlashuv” deb atagan va SAXALning bayonotini rad etib, Isroilni “davom etayotgan jinoyatlarini oqlashga” urinishda ayblagan. Shundan so‘ng, XAMAS AQShni Isroilga “tezkor va jiddiy bosim o‘tkazib”, tinchlik bitimini hurmat qilishga chaqirgan.

Hujumlar BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh Prezidentining tinchlikni barqarorlashtirish va G‘azoni tiklash rejasi tarafdori ekanini bildirganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lgan.

G‘azodagi hujumlar tinchlik bitimidan keyin sodir bo‘lgan uchinchi yirik eskalatsiya hisoblanadi. Oldingi ikki eskalatsiyada (2025-yil 19 va 28-oktyabr) taxminan 150 falastinlik va 3 Isroil askari halok bo‘lgan. Shunga qaramay, tinchlik bitimi asosan saqlanib qolgan.

Halok bo‘lganlarning 9 nafari bolalar edi, kamida 77 kishi jarohatlangan. G‘azodagi Al-Ahli Baptist shifoxonasiga yaralangani uchun kelgan odamlar videoga olingan. Videoda odamlar jasadlar yonida o‘tirgani ko‘rinmoqda. Bir jasad uchun mo‘ljallangan sumka 3 ta bola jasadiga to‘g‘ri kelgan.

Eng ko‘p o‘lim kuzatilgan hudud G‘azoning sharqidagi Zaytun hududi bo‘lib, bu yerda 10 kishi, jumladan, bir ayol va bir bola halok bo‘lgan.

Xon Yunusning g‘arbidagi yana bir hujum esa “UNRWA klubidagi fuqarolar guruhini” nishonga olgan. UNRWA – BMTning Falastin qochqinlariga yordam va ishlash agentligi.


Falastin-Isroil


														
														Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

TRT xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan “Global Sumud” nomli flotiliyaga huju…
17:32 / 30.04.2026

														
														“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

19-fevral kuni Tinchlik kengashi yetakchilarining uchrashuvida a’zo davlatlar 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishi k…
17:47 / 18.02.2026

														
														Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Bu holatni Falastin ma’muriyati “din erkinligini cheklashga urinish” deb baholamoqda.
17:37 / 17.02.2026

														
														Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Bu qaror mamlakatga Falastin yerlarining “de-fakto anneksiyasi”ni tezlashtirish imkonini beradi.
10:35 / 17.02.2026

														
														Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Bu sulh tuzilganidan keyin qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik zarba bo‘ldi.
12:35 / 01.02.2026

														
														G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.
18:15 / 15.01.2026

														
														Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil Falastinning XAMAS guruhi 2025-yilgi sulhga muvofiq to‘liq qurolsizlanishdan bosh tortgani sababli G‘azo sektorida ya…
15:24 / 11.01.2026

														
														Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Falastin hududida Isroil hujumlari kamida 13 kishi…
14:56 / 09.01.2026

														
														Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025

Bu ham qiziq

Professor Hakim Muratov vafot etdi

Professor Hakim Muratov vafot etdi

Professor Hakim Muratov vafot etdi
13:47 / 13.08.2026
Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi

Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi

Yana 7 nafar rahbarga qattiq intizomiy jazo qo‘llash, 3 nafarining esa lavozimida qolish-qolmasligini ko‘rib chiqish belgila…
17:06 / 12.08.2026
Putin bahsli Kuril orollaridan biriga tashrif buyurdi

Putin bahsli Kuril orollaridan biriga tashrif buyurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yaponiya ham hududiy da’vo qiladigan Kuril orollaridan biri — Iturupga tashrif buyurdi. Bu…
09:22 / 13.08.2026
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘y…
11:44 / 14.08.2026
15-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

15-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 38-40 daraja…
17:57 / 14.08.2026
O‘zbek boks afsonasi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

O‘zbek boks afsonasi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

Rufat Risqiyev 1974-yilda O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempioni bo‘lgan.
09:28 / 15.08.2026
Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Mamlakatimizda an’anaga aylangan ushbu muloqot tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni bevosita o‘rganish, ularg…
14:41 / 15.08.2026
Germaniyada jazirama oqibatida 12,5 ming kishi vafot etdi

Germaniyada jazirama oqibatida 12,5 ming kishi vafot etdi

Germaniyada 2026-yil boshidan buyon jazirama issiq bilan bog‘liq o‘limlar soni qariyb 12,5 ming kishiga yetdi.
14:29 / 14.08.2026
Boysunda yong‘in sodir bo‘ldi

Boysunda yong‘in sodir bo‘ldi

Boysun tumanidagi “Xomkon” o‘rmon bo‘limi hududida yuz bergan yong‘in yuzasidan rasmiy munosabat berildi.
13:16 / 15.08.2026
Uchtepada 574 mln so‘mlik firibgarlik fosh etildi

Uchtepada 574 mln so‘mlik firibgarlik fosh etildi

Toshkentning Uchtepa tumanida o‘zlarini ko‘p qavatli uy boshqaruv organi rahbari sifatida ko‘rsatib, xonadon egalarining 574…
16:49 / 14.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!