$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Qing‘ir ishning qiyig‘i: budjetdan bir milliard so‘m pulni talon-toroj qilgan rahbar yana ishdan ketdi

11:05 / 23.06.2023

Navoiyda davlatning 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ini talon-toroj qilgan Yusuf Tursunov yana Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga qaytgani haqida xabar berilgan edi. Tayinlovdan bir kun o‘tib u lavozimidan ozod etildi.

Yusuf Tursunov Navoiy viloyatining Navoiy shahrida lavozimida ishlagan davrida davlatning 1 milliard 53 million so‘m miqdoridagi mablag‘ini talon-toroj qilgan. 2021-yilda sud qarori bilan u 1 yil-u 6 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan.

2023-yil 21-iyun kuni Navoiy shahri hokimi Muratxan Egamqulov imzolagan qaror bilan u yana boshqarma boshlig‘i lavozimiga qaytgandi.

22-iyun kuni esa Yusuf Tursunov “o‘z xohishiga ko‘ra” ushbu lavozimdan ozod etilgani to‘g‘risidagi hokim qarori imzolandi.

Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati hokimligi ishchi guruhi tomonidan xizmat o‘rganishi o‘tkazildi. O‘rganish natijasida, kadrlarni rahbarlik lavozimiga tayinlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilishi belgilandi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
03:38 / 10.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!