Bu haqda 19-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakat adliya vaziri Ayaz Bayetov ma’lum qildi.
“Jazoni ijro etish muassasalari bor - bu qamoqxonalar, manzil-koloniyalar ham bor, ammo u yerga mahkumlar faqat ro‘yxat va nazoratdan o‘tish uchun boradi. Ammo mahkumlar manzil-koloniyalarga bormay qo‘ydi. Keyin biz probatsiyani joriy qildik va bu ikki tizim bir-birini takrorlaydigan bo‘lib chiqdi. Kadrlar yetishmovchiligi ham bor edi. Endi bu manzil-koloniyalar tugatilib, barchasi probatsiya tizimiga o‘tkaziladi”, — deya izoh bergan Bayetov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 10 dan ortiq manzil-koloniya yopiladi. Tegishli farmonni 4-avgust kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzolagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!