Davlat xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, Davlat chegaralarini qo‘riqlash va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan va 1993-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olinib, ulardan qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali mamlakatimizga olib o‘tilgan taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mlik, umumiy og‘irligi 19 kg 119 gr bo‘lgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!