Qirol Charlz III Blackpink K-Pop guruhidagi qo‘shiqchilarga Britaniya imperiyasi ordeni faxriy a’zosi medallarini topshirdi. Bu haqda Bukingem saroyi xabar berdi.
Medallarni topshirish jarayonida Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol va birinchi xonimi Kim Gon Xi ishtirok etgan. Ayni paytda Prezident 3 kunlik davlat tashrifi bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turgandi.
Kvartet – Jenni, Jisu, Liza va Rouz – medallarni olayotganda Britaniya monarxi bilan suhbatlashgan va birga suratga tushgan.
"Umid qilamanki, qachondir jonli ijroingizdan bahramand bo‘laman. Shuncha yillardan keyin hamon bir-biringiz bilan gaplashayotganingiz hayratlanarli", deb hazillashgan Qirol Charlz guruh a’zolariga.
Bukingem saroyining ma’lum qilishicha, Blackpink guruhi a’zolari 2021-yilda Glazgoda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim bo‘yicha sammiti COP26'da tutgan o‘rni uchun medallar bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!