Surxondaryo viloyatining “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida ishlovchi xodimlarning o‘z ishiga sovuqqonligi oqibatida 611 tup “Tojik kovragi” o‘simligi kesib ketildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, viloyat prokuraturasi va Uzun tumani IIB tomonidan nazorat tadbirlari ushbu o‘rmon xo‘jaligining “Fayzova” bo‘limi 6-aylanma yo‘li 7-kvartalining “Archabuloq” massivi hududida o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, aynan mana shu hududda tojik kavragi tabiiy ravishda o‘sadi.
“Mazkur holat yuzasidan tegishlicha, birlamchi hujjatlar tayyorlanib, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, “Tojik kovragi” Qizil kitobga kiritilgan noyob o‘simlik hisoblanadi. Kovrakning O‘zbekistonda 50 dan ziyod turi uchraydi. Uning yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, shuningdek, quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi malham sifatida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!