O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha quyidagi turdagi musobaqalar o‘tkaziladi:
har yili Toshkent shahrida 14 yanvar ‒ Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Qurolli Kuchlar chempionatini hamda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlik va jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bag‘ishlangan Xotira turniri;
har yili Namangan shahrida professional sportchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri;
har ikki yilda bir marotaba Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida yoshlar o‘rtasida “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!