Qo‘qon va Bekobod shaharlarida alkogol hamda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlanib, yirik miqdordagi mahsulotlar musodara qilindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘qonda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tadbirkor savdo do‘konida umumiy qiymati 288,2 mln so‘mlik 14 mingdan ortiq quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari va chet elda ishlab chiqarilgan elektron sigaretalarni noqonuniy ravishda sotuvga qo‘ygani aniqlangan.
Bekobod shahrida esa MChJ rahbari tomonidan savdo do‘konida 619 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari hamda hujjatlarsiz 1 200 dan ortiq quti tamaki mahsulotlari sotuvga chiqarilgani fosh etilgan.
Har ikki holatda ham mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Mazkur faktlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!