24–26-aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi. Bugun respublika bo‘ylab havo harorati 24–27 daraja atrofida bo‘lishi, janubiy va cho‘l hududlarda esa 29–32 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Dam olish kunlarida ham ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Faqat 25-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoli va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida, 26-aprel yakshanba kuni esa Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
25-aprel kuni kunduzi harorat 28–31 darajagacha, ayrim hududlarda 32–35 darajagacha ko‘tariladi. Yakshanba kuni esa shimoliy hududlarda harorat biroz pasayib, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 20–23 daraja, Buxoro viloyati va Navoiy viloyatida 25–28 daraja atrofida bo‘ladi.
Shuningdek, 24–26-aprel kunlari ayrim hududlarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat yakshanba kuni kechga yaqin qisqa yomg‘ir ehtimoli bor. Harorat 25–30 daraja atrofida saqlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!