$
12129.01 UZS
37.79
147.99 UZS
-1.17
13968.98 UZS
124.53
31° Kechasi 18°

Qorako‘lchilik mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytirildi

14:07 / 27.04.2022

“Respublikada go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. 

Mazkur qarorga muvofiq, Qorako‘lchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kredit berishning quyidagi tartibi belgilandi:

- kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qo‘shish orqali hisoblanadigan stavka bo‘yicha ajratiladi;

- kreditlar quyidagi shartlarda beriladi:
- tadbirkorlarga xorijdan go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi qo‘y va echkilar xarid qilish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;

- tadbirkorlarga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, go‘sht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish uchun – 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;

- xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burg‘ilash yoki mukammal ta’mirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar o‘rnatish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.

Ta’kidlanishicha, ipak qurti urug‘i, tut ko‘chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar, qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ili…
10:42 / 16.03.2026
Davlat granti bitiruvchilari uchun “kamida uch yil” ishlash sharti bekor qilinishi mumkin

Davlat granti bitiruvchilari uchun “kamida uch yil” ishlash sharti bekor qilinishi mumkin

Amaldagi qaror bilan 2005-yildan beri davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga qabul qilinganlarga kamida uch yil…
12:42 / 18.03.2026
O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini rivojlantirish va sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islo…
13:20 / 16.03.2026
Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 18-mart, chorshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘i…
13:08 / 17.03.2026
Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarishda dunyoning yetakchi uchligiga kirishi kutilmoqda

Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarishda dunyoning yetakchi uchligiga kirishi kutilmoqda

Mazkur ikki yirik quvvatlar hisobiga mis katodi ishlab chiqarishning yillik hajmi 300 ming tonnaga, oltin 33 tonnaga, kumush…
13:38 / 16.03.2026
Toshkentda “aqlli bekatlar” joriy etiladi

Toshkentda “aqlli bekatlar” joriy etiladi

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun alohida kutish joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa jamoa…
14:29 / 17.03.2026
Eron JCh-2026 o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirishni so‘ramoqda

Eron JCh-2026 o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirishni so‘ramoqda

Eron Futbol federatsiyasi FIFA bilan 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirish bo…
08:53 / 18.03.2026
O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam oladi?

Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
09:40 / 18.03.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 2026-yil 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajas…
11:53 / 18.03.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanb…
09:14 / 17.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!