FVV Qozog‘iston Respublikasining Qizilorda viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
2026-yil 22-avgust kuni soat 06:47 da Qozog‘iston Respublikasi, Qizilorda viloyati, KAZ06 davlat ahamiyatidagi “Qorabutak-Qizilorda-Chimkent” avtomobil yo‘lining 1831-1836 km.da Birkazan tumanida harakatlangan “Nexia-2” avtomobili va “Kamaz” rusumli yuk avtomobillari to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-2 avtomobili salonida bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni Vatanga olib kelish va ularning oila a’zolariga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari Qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!