O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining navbatdagi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Ramazon hayitini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga oid kun tartibidagi bir qator masalalar muhokama qilindi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445-yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi. Turkiy davlatlar diniy idoralari masʼullari bilan ham ushbu masala keng muhokama qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!