Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tarkibida oltin zarralari bölgan toğ jinslarini noqonuniy qazib oliş bilan şuğullanganlikda gumon qilinayotgan oltita uyuşgan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida viloyat IIB va Navbahor tumani IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan hududdagi toğ tizmalarida nazorat reydlari ötkazilgan.
Tadbirlar davomida 1995, 2002 va 2005-yillarda tuğilgan bir neça şaxs qölga olingan. Ular tumandagi Jizlon toğ tizmasida yaşirin ravişda ma’dan qazib oliş va unga işlov berişda gumonlanmoqda.
Şuningdek, tezkor-profilaktik tadbirlar davomida toğli hududlarda şu kabi noqonuniy faoliyat bilan şuğullanganlikda gumon qilinayotgan yana beşta guruh aniqlangan.
Natijada qölbola uskunalar yordamida oltin tarkibli toğ jinslarini qazib olişda gumonlangan jami 23 nafar şaxs uşlangan. Ularga tegişli elektr qurilmalari esa daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-moddasi (atrof tabiiy muhitni ifloslantiriş) tegişli qismlari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!