Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga asli samarqandlik S.B.dan uni O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘rab murojaati kelib tushgan. Bu haqida agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur murojaat bo‘yicha O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamda vakolatxona xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganda, fuqaro S.B. 2020-yil 13-sentyabrda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga ketganligi va joriy yilning 29-oktyabr kuni baxtsiz hodisa oqibatida balandlikdan yiqilib, umurtqa pog‘onasidan og‘ir tan jarohati olganligi aniqlangan.
Bugun, 27-dekabr kuni fuqaro S.B. shifokor nazoratida Moskva – Toshkent aviareysi orqali Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga olib kelingan.
Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ma’sul xodimlari va fuqaroning yaqin qarindoshlari kutib olgan. Yaqin qarindoshlari hamrohligida Samarqandga kuzatib qo‘yilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!