“Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu, samimiy tilaklarini yetkazdim.
O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik.
Janob Prezidentga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e’tibor hamda qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman”, – dedi Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!