Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 3 kunlik chaqalog‘ini 50 million so‘mga sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida yashovchi turmushidan ajrashgan ayol boshqa bir yigitdan homilador bo‘lib qolgan va uni yaqinlaridan yashirishga uringan. Shuningdek, u hali tug‘ilmagan farzandini sotishga qaror qilib, Samarqand tumanida yashovchi xaridor ayol bilan kelishib olgan.
Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng, ayol uni avvaldan kelishib olgan holda xaridorga 50 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi JIB Samarqand viloyati Oqdaryo tumani sudida ko‘rib chiqilgan. Unda sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, o‘ziga nisbatan yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan, 57-moddani qo‘llagan holda, 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!