$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Saratonni yenga olgan gollivud yulduzlari

10:00 / 31.05.2024

So‘nggi yillarda butun dunyo bo‘ylab yigirma milliondan ortiq kishida saraton kasalligi aniqlangan. O‘lim ko‘rsatkichi esa 9,7 millionni tashkil etmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, 2030-yilga borib kasallanganlar soni 22,2 millionni tashkil etishi mumkin. Bu kasallikni yengishga bo‘lgan harakatlar doim ham muvaffaqiyatli kechmaydi. Ammo insonlar orasida va hatto yulduzlar ichida ham bu ishni uddalaganlar bor.

Robert De Niro
Gollivud aktyori, “Cho‘qintirgan ota”, “Stajyor”, “Bir kuni Amerikada” va boshqa ko‘plab filmlar yulduzi Robert De Niroga 2003-yilda prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. Aktyor muntazam ravishda yillik tekshiruvdan o‘tib turar edi. Shunday tekshiruvlarning birida shifokorlar Robertda kasallikni aniqladi.

“Oskar” va BAFTA mukofotlari sovrindori davolanish uchun “Berkin va meni izla” filmidagi suratga tushish ishlarini kechiktirishga majbur bo‘ldi. Uning otasiga ham bir vaqtlar shunday tashxis qo‘yilgan, ammo ota davolanishdan voz kechgan.

Anjelina Joli

Gollivud aktrisasi saratonga chalinish ehtimolini aniqlash uchun BRCA-1 gen mutatsiyasiga test topshirdi. Chunki gen ayollarda ko‘krak va tuxumdon saratoni ehtimolini oshirishi mumkin. Natija musbat chiqqach, Joli sut bezlari va tuxumdonlarni olib tashlash uchun operatsiyadan o‘tishga qaror qildi.

“BRCA-1 testi ijobiy natija ko‘rsatishi avtomatik ravishda operatsiya qilish kerakligini anglatmaydi. Men bir nechta shifokorlar, jarrohlar va naturopatlar bilan suhbatlashdim. Har qanday sog‘liqqa oid muammoni hal qilishning bir necha yo‘li mavjud, albatta. Eng muhimi, to‘g‘ri yo‘lni bilish va tanlashdir”.

Anjelinaning onasi saratondan 56 yoshida, uning xolasi esa 61 yoshida vafot etgan.

Yuliya Volkova

“t.A.T.u” guruhining sobiq a’zosi, xonanda Yuliya Volkovaning ikkinchi farzandi tug‘ilgach, 2012-yilda unga qalqonsimon bez saratoni tashxisi qo‘yildi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, tushida u saratondan darak beruvchi voqealarni ko‘rgan.

“Men qon tahlilini o‘tkazdim, natija yaxshi edi. Ultratovush tekshiruvi qalqonsimon bezda tugunni aniqladi. Biopsiya saraton kasalligiga chalinganimni ko‘rsatdi... Operatsiya bo‘ldim, ammo u muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Ovoz nervi kesilgach, ovozimni butkul yo‘qotdim”, — dedi xonanda.

To‘rt yildan so‘ng kasallik qaytalandi. Yuliya farzandlari onasiz katta bo‘lishidan qo‘rqar edi. Xayriyat, bu safar kasallikni yengdi va saraton ortda qoldi.

Xyu Jekman

Rosomaxa obrazi bilan tanilgan Xyu Jekmanda birinchi marta saraton bezi 2013-yilning noyabr oyida aniqlangan. 2014-yil may oyida esa kasallik qaytalangan. Avvalroq Jekman matbuotga bergan intervyusida rakning bu turi kasallik boshlang‘ich davrida aniqlansa, oson davolanishi, faqatgina muntazam shifokor ko‘rigida bo‘lish hamda quyoshdan saqlovchi vositalardan foydalanish kifoya ekanligini ta’kidlagan.

Aktyor bazal hujayrali karsinoma — o‘ta xavfli teri saratoni bilan ancha yillardan beri kurashib kelmoqda. Joriy yilning boshida esa Jekman bayonot berdi: saraton yana qaytalandi. Endilikda Jekmanni yana bir kurs davolanish ishlari kutmoqda.

 


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!