$
11990.26 UZS
-68.19
162.23 UZS
-1.81
13738.44 UZS
-80.54
31° Kechasi 18°

Sarhadlarsiz hayot: Nik Vuychich haqida bilasizmi?

15:21 / 28.03.2023

“Dunyoda menga qadar yetib kelmagan muammolarning son-sanogʻi yoʻq. Ammo ishonamanki, mening hayotim koʻplab insonlarning hayotidan ming marta yengilroqdir”.

Bu bizning hikoyamizni boshlash uchun eng munosib boʻlgan iqtibos. Ushbu soʻzlar oʻz taqdir yoʻllarida koʻplab muammolarga duch kelgan, ammo ularni yengib oʻtib, hayotdagi eng katta maqsadi – baxtli yashashga oʻrgangan insonga tegishli. Gap kim haqida borayotganini tushunmadingiz, toʻgʻrimi? Bir necha soniyalardan keyin ushbu qahramon kim ekanligini bilib olasiz.

Qalbingizni shukronalik hissi bilan toʻldiruvchi ushbu soʻzlar “Sarhadlarsiz hayot” kitobidan olingan boʻlib, ularning muallifi ajoyib inson – Nik Vuychichdir. Balki ushbu inson haqida va uning hayotiy qarashlari toʻgʻrisida allaqachon eshitgandirsiz. Zotan, u tugʻilgan paytida Yaratgan bergan dard – oʻta kamyob kasallik bilan dunyoga keldi. Tugʻilgan chaqaloqning qoʻllari va oyoqlari yoʻq edi. Ammo bu kamchiliklar Nikka hayoti davomida oʻz orzulariga erishish, baxtli boʻlish va shu bilan birga boshqa odamlarga, mutlaqo sogʻlom insonlarga ham umid ulashish uchun toʻsqinlik qila olmadi. Xoʻsh, Nik bu ishlarni qanday amalga oshirdi? Keling, barchasini bir boshidan boshlaylik!

Mitti Nikning hayotiga raxna solgan, uning qoʻl va oyoqsiz tugʻilishiga sabab boʻlgan kasallik tetramiya deb ataladi. Bolakayning qoʻl va oyoqlari boʻlmagan, faqatgina bir oyoq oʻrnida yaxshi rivojlanmagan oyoq kafti mavjud edi xolos.

Ushbu kasallikning kelib chiqish sababini hech kim bilmaydi. Boisi, Nikning birorta aka-ukasi yoki opa-singlisida kasallik alomatlari aniqlanmagan.

Bolakayning oʻzida ham boshqa turdagi kasallik belgilari boʻlmagan. Odatda nogiron tugʻilgan ayrim chaqaloqlarni ota-onalari tugʻruqxonaning oʻziga tashlab ketishadi. Ammo Nikning ota-onasi boshqacha qaror qabul qildilar va mittivoyni uylariga olib ketdilar. Biroq, bu holatda ularga ham oson emasdi. Aytishlaricha, Nikning onasi birinchi 4 oy davomida oʻz farzandini koʻkrak suti bilan oziqlantirishga ham qoʻrqqan. Ayol oʻzi dunyoga keltirgan farzandidan qoʻrqar, shu bilan birga qalbining tub-tubidan bolakayga achinardi. Oʻziga beradigan yagona savoli esa bitta boʻlgan: “Nima uchun men bilan bunday ish sodir boʻldi?”

“Otamning aytishicha, tugʻilgan paytimda darrov onamning yoniga borib, oʻz boshini onamning boshiga tirab olgan ekan. Sababi, otam mening yelkalarimni koʻrib dahshatga tushib qolgan. Shu orqali onam qoʻllarimning yoʻq ekanligini bilmay qolishiga umid bogʻlagan ekan”.

Oradan vaqt oʻtdi, bir necha oylardan keyin yosh ota-ona Nikning oʻziga ham, uning tashqi koʻrinishiga ham oʻrganib qolishdi. Uni qanday boʻlsa shundayligicha seva boshlashdi, oʻgʻillari uchun hayotdagi eng ishonchli tirgak boʻlishga qaror qilishdi. Shundan keyin darhol Nik bilan jarrohlik operatsiyasi oʻtkazildi, jarayon davomida uning yagona oyoq kaftidagi barmoqlari ajratildi. Shu tariqa bolakayning birgina rivojlanmagan oyogʻi paydo boʻldi, qarangki aynan shu oyoq uning harakatlanishi uchun yordam bera boshladi.

Aynan mana shu oyoq bilan bola yozishni, rasm chizishni, skeytbord uchishni, kompyuterda yaxshigina tezlik bilan ishlashni oʻrgandi. Oramizda ayrim insonlar oʻzlarining dangasaliklarini turli bahonalar bilan oqlayotgan bir vaqtda Vuychich hayotdan zavqlanib yashashni maʼqul bildi.

“Atrofidagi har bir inson senga nogiron odam nazari ila qarashi, seni oldidan itargan, sen bilan boʻlishni istamagan, sendan uyalgan payti kuchli boʻlishing juda qiyin. Nik, sen eplolmaysan, Nik, bu qoʻlingdan kelmaydi, Nik, qoʻlingdan kelgan ishni qil... Nik, yonimizdan ket...“

Albatta, uning hayoti oson kechgani yoʻq. Nik sogʻlom bolalar bilan birga bitta maktabda oʻqidi. Buning oqibatida tengdoshlarining kulgisi va qoʻpol hazillari nishoniga aylandi. 10 yoshlik paytlarida oʻz joniga qasd qilish fikriga keldi. Ammo bu ota-onasi va yaqinlariga qanday taʼsir qilishini oʻylab fikridan qaytdi. U joniga qasd qilmoqchi boʻlgan paytda qabri ustida bosh egib turgan va oʻgʻli uchun yigʻlayotgan ota-onasini tasavvur qilgan ekan. Ammo Nik ularga buni ravo koʻrolmasdi. Shundan keyin bolakay oʻzini qoʻlga oldi va barcha kamchiliklari bilan toʻlaqonli hayot kechirishga qaror qildi. Shu paytda unga yordam bergan narsa oʻz eʼtiqodi boʻldi. U Avstraliyadagi ibodatxonalarning biriga tez-tez borib turardi, u Yaratgan bilan yaqinlashib, taqdirini boricha qabul qildi. Keyinchalik oʻzining “Sarhadlarsiz hayot” nomli diniy xayriya tashkilotiga ham asos soldi.

"Men oldimda ikkita yo‘l borligini angladim. Birinchisi menga berilmagan narsalar uchun Yaratgandan xafa bo‘lish, ikkinchisi esa berilgan narsalar uchun Xudoga shukrona keltirish edi!"

O‘zining tug‘ma kasalligiga qaramasdan Nik tabiatan yoqimli  va kirishimli inson, shu sababli tez orada minglab insonlarning mehr-muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Uning Avstraliyadagi mashhurligi ortib ketdi, 2005-yilda esa Vuychichni "Avstraliyada yil odami" mukofoti bilan taqdirladilar. Nikning hayoti  qiyinchiliklar insonni sindira olmasligi, balki kuchli bo‘lishi uchun yordam berish vositasi ekanligini yaqqol isbot etdi.

Qarshisidagi to‘siqlarga qaramasdan u o‘zi istagancha ta’lim oldi. Ayni paytda uning ikkita diplomi bor. Vuychich ularning birini buxgalteriya, birini esa iqtisodiy rejalashtirish yo‘nalishi bo‘yicha olgan. Xayriya tashkiloti bilan bir qatorda Nik motivatsion kompaniya rahbari ham sanaladi. U o‘zining ilhomlantiruvchi nutqlari bilan butun dunyo minbarlarini zabt etgan. Nik shu kunga qadar jahonning 45 ta mamlakatida nutq so‘zladi. Eng hayratlanarlisi, u Hindistonga safar qilgan vaqtda nutqini tinglash uchun 110 mingta odam tashrif buyurdi.

"O‘zim haqimda juda ko‘p o‘ylayman. Oyoq va qo‘llarimni qaytarib olishni, ularga ega bo‘lishni hozir istarmidim? Yo‘q".

Tug‘ma kasallik Nikning to‘laqonli hayot kechirishi uchun to‘siq bo‘la olmadi. Nik o‘zi sevgan filippinlik qiz Kanaye Miyaxara bilan turmush qurdi. Ular jamoat joylariga ham tez-tez birga tashrif buyurib turishadi.

2013-yilda esa oilada quvonchli hodisa sodir bo‘ldi. Nik ota bo‘lish baxtiga erishdi, o‘g‘il farzand ko‘rdi. Bo‘lg‘usi ota-ona qanchalar xavotirga tushganlarini tasavvur qilish qiyin, xayriyatki, bola mutlaqo sog‘lom dunyoga keldi. Unda irsiy kasalliklar yo‘qligi aniqlandi.

Bundan xabar topgan insonlar dunyoning turli burchaklaridan turib Nikning oilasi tomon sovg‘alar va tabriknomalar yo‘llay boshlashdi. Ularning barchalari Nik va uning rafiqasiga abadiy baxt tiladilar. Bundan tashqari shaxsiy namuna va motivatsiya uchun rahmat aytishni ham unutishmadi. Oradan ikki yil vaqt o‘tib Nikning ikkinchi o‘g‘li dunyoga keldi. O‘tgan yili esa Kanae o‘zining tug‘ilgan kunida yana bir bor ona bo‘ldi, bu safar u Nikka ikkita egizak qizaloqlarni tuhfa etdi. 

Shu tariqa qahramonimiz ikki o‘g‘il va ikki qizning baxtli otasiga aylandi.

"Kanae dasturxon atrofida bizni bolalar bilan navbatma navbat ovqatlantiradi. Undan keyin esa o‘zi tamaddi qiladi. Bu shunchalar yoqimli va ajoyibki! U farishtalarga hos sabr egasi bo‘lgan betakror ayol..."

Nik internetning faol foydalanuvchisi hamdir. U ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalari va shaxsiy blogiga ega. Nik bir qator kitoblar muallifidir, ularda insonlarga hayotidagi hodisalarni hikoya qilib beradi va odamlarga ilhom ulashadi. Nik tomonidan yozilgan har bir kitob jahon bestselleriga aylangan, bu esa uning hayoti va urinishlari besamar emasligidan darak beradi.

"Men vaqtincha bo‘lsa ham yerda oyoq va qo‘llarsiz hayot kechiraveraman. Qolaversa insonlarga Xudoni tanishlari uchun yordam bergim keladi. Keyin esa ular bilan birga jannatda bo‘lishni istayman"

Barchasi shuning o‘zi bilan tugadi deysizmi? Yo‘q albatta! Nik shu kunga qadar qisqa metrajli filmlarning birida suratga tushgan, uning rejissyori esa Joshua Vaygel sanaladi.

Nik bu yerda sirkda ishlaydigan inson rolini ijro etgan bo‘lib, filmda ham hayotdagi kabi tug‘ma kasalligi sabab insonlar kulgisiga qolib ketadi. Kino juda ham kuchli ma’noga ega, insonga ilhom va motivatsiya bera oladi.

Mazkur film ko‘plab kinofestivallarda turli mukofotlarga  erishgan. Nik Vuychich esa kadrlarda Gollivud aktyorlari kabi o‘z mahoratini ko‘rsatib bera olgan. Balki buning boisi uning qahramoni ham o‘z hayotidagi shaxsga ayni o‘xshash ekanligidir.

Aksariyat insonlarni Nikning bu kabi og‘ir dard bilan qanday yashab ketgani, o‘zini qo‘lga olgani va hayot go‘zalliklarini anglagani qiziqtiradi. Nik esa jismoniy imkoniyatlar har doim ham katta ahamiyatga ega emasligini ta’kidlaydi. Barcha gap maqsadda. Agar har bir inson o‘z hayotidan ma’no topa olsa va uni anglasa, orzularining barchasini amalga oshira oladi.

Nik uchun ushbu hayot mazmuni insonlarga iroda kuchi va ichki ta’sirning har qanday tug‘ma kamchilikdan ustun ekanligini ko‘rsatib berishdir. Odam tashqi ta’sirlar yoki begonalarning fikriga qurbon bo‘lishi kerak emas.

Maqolamizni ham xuddi muqaddima kabi Nik Vuychichga tegishli bo‘lgan motivatsion ibora bilan tugatamiz.

"Hayot juda yaxshi bo‘lishi mumkin, bu borada tanlovni o‘zimiz amalga oshirishimiz kerak...”

Aslida bizning hayotimiz koinot nisbatlarida atigi bir necha soniyaga teng bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga u taqdirning bizlarga berilgan ulkan tuhfasi hamdir. Uni begona insonlarning istaklarini amalga oshirish yoki muammolar uchun sarf qilmang. Ustiga-ustak, qo‘llari va oyoqlari bo‘lmagan bir inson buni o‘z shaxsiy namunasi bilan har birimizga isbotlab turibdi.

 

 

 


Madaniyat


														
														Dono Boboxonova vafot etdi

Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. U milliy sahna san’ati rivoji…
15:16 / 15.04.2026

														
														Yana bir taom YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Yana bir taom YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Sumalak tayyorlash YUNESKO nomoddiy madaniy merosning reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
16:51 / 12.12.2025

														
														“Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuch bo‘lib qoldi” – Ozodbek Nazarbekov

“Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuch bo‘lib qoldi” – Ozodbek Nazarbekov

Bu holat esa jamiyatda ilgari muqaddas sanalgan qarindoshlik, ota-bola yoki aka-uka o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir ko…
09:26 / 16.10.2025

														
														O‘zbekistonda nechta teatr faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda nechta teatr faoliyat yuritmoqda?

Statistika qo‘mitasi bu boradagi ma’lumotlarni ochiqladi
20:03 / 08.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Mutasaddilarga loyihalarni sifatli bajarish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
20:48 / 28.07.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
09:56 / 21.08.2024

														
														O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘…
11:52 / 23.07.2024

														
														Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

2023-yilda 61 yoshli Tom Kruz 36 yoshli rossiyalik ayol “Yagona Rossiya” partiyasining sobiq deputati Rinat Xayrovning qizi …
11:24 / 07.07.2024

														
														O‘zbekcha vikipediya ma’muri Bo‘rijar kanalida cho‘kib, halok bo‘ldi

O‘zbekcha vikipediya ma’muri Bo‘rijar kanalida cho‘kib, halok bo‘ldi

Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri Muhammadali poytaxtdagi Boʻrijar kanaliga choʻmilishga borib, choʻkish oqibatida vafot etgan.
15:35 / 22.06.2024

														
														Qadimgi Misr ko‘rgazmasi ochildi

Qadimgi Misr ko‘rgazmasi ochildi

Bu haqda “Sinxua” agnetligi ma’lum qildi.
11:40 / 19.06.2024

Bu ham qiziq

Robaxon Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi

Robaxon Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi

Kecha, 22-iyun kuni Oliy sudning yangi raisi Robaxon Anvarovna Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvch…
09:10 / 23.06.2026
Uzgidromet yana Toshkentda yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol haqida ogohlantirmoqda

Uzgidromet yana Toshkentda yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol haqida ogohlantirmoqda

Kecha bo‘lgan kuchli bo‘ronlardan so‘ng, meteorologlar kunning ikkinchi yarmida ob-havoning yomonlashishini taxmin qilmoqdal…
10:18 / 22.06.2026
Abbosbek Fayzullayev JCH-2026 ilk turining eng tezkor futbolchisiga aylandi

Abbosbek Fayzullayev JCH-2026 ilk turining eng tezkor futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi Jahon chempionatining ilk turida tarixiy …
14:27 / 21.06.2026
Toshkent metrosi 23-iyun kuni soat 01:00 gacha ishlaydi

Toshkent metrosi 23-iyun kuni soat 01:00 gacha ishlaydi

Ertaga, 23-iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi turi doirasida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalar…
14:21 / 22.06.2026
24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:18 / 23.06.2026
Navoiyda YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Navoiyda YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida yuk avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib olish maqsadida YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovc…
14:31 / 21.06.2026
“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmi…
16:52 / 23.06.2026
Husanov Mbappeni ortda qoldirdi

Husanov Mbappeni ortda qoldirdi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
15:55 / 21.06.2026
Piskentdagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Piskentdagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-iyun kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir
16:20 / 22.06.2026
Urgutda qariyb 27 ming dollarlik “gashish”ni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Urgutda qariyb 27 ming dollarlik “gashish”ni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qiling…
09:53 / 22.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!