BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi. Ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etilgan.
JST me’yorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunchilikni, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi natijadorligini ta’minlash, shuningdek, 2026-yilda muzokaralar yakunlanishi va O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilishi muhim ekani ta’kidlangan. Hozirda JST a’zoligi yo‘lida kelishuvga erishilgan davlatlar soni 29 taga yetdi, 2 ta a’zo — ular bilan asoslar mavjud, ikki tomonlama muzokaralarni to‘liq yakunlash uchun esa faqat 3 ta davlat qoldi. O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lmoqchi. Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish choralari ko‘rilmoqda. 2025-yil may oyida o‘tkazgan yig‘ilishda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov ekanligini ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!