$
12025.22 UZS
34.69
149.36 UZS
-1.35
13969.70 UZS
10.32
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev OIVga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

10:45 / 21.01.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, OIV infeksiyasini profilaktika qilish, unga tashxis qo‘yish va davolash sifatini yanada oshirish, aholi orasida OIV infeksiyasini aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar qamrovini oshirish, bemorlarga sifatli tibbiy va ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ularni zarur dori vositalari bilan to‘liq ta’minlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida:

1. Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2030-yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun “95-95-95” strategiyasi ilgari surilganligi va uning doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishlari, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi kerakligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Mazkur strategiyaga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-2027-yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari, OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma mablag‘lari, Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar bankining qarz mablag‘lari hisobidan aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini erta aniqlash, tashxislash va davolash sifatini oshirish maqsadida test-tizimlari va retrovirusga qarshi vositalarni xarid qilish, OITSga qarshi kurash markazlari va ularning tumanlararo diagnostika laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, keng targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkiliy tadbirlar uchun 120 milliard so‘m va 54 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilishini ta’minlasin.

2. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Inoyatov):

a) 2027 yilda:

OIV infeksiyasini yuqtirib olgan hamda o‘z maqomini bilgan, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olingan va qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushgan shaxslar ko‘rsatkichi 95 foizga yetkazilishini;

OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishiga barham berilishini ta’minlasin;

b) nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo‘yicha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Adliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2023-yil yakuniga qadar esa boshqa hududlarda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integrasiya platformasi orqali FHDYO organlari va tegishli tibbiyot muassasalari o‘rtasida elektron hamkorlikni tashkil qilsin;

v) 2023-yil yakuniga qadar OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini ta’minlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratsin hamda ushbu tizimni Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining elektron bazalari bilan integrasiya qilish orqali o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin;


Bu ham qiziq

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli me’yori 5 baravarga oshiriladi

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli me’yori 5 baravarga oshiriladi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz iste’moliga tegishli bazaviy me’yor isitish mavsumida 5 barobarga oshirilib, 500 kub me…
11:52 / 31.10.2025
Isroil Livan janubiga zarba berdi

Isroil Livan janubiga zarba berdi

Isroil mudofaa kuchlari Livan janubiga zarbalar berilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
15:46 / 30.10.2025
Eldor Shomurodov Turkiya chempionati to‘purariga aylanib oldi

Eldor Shomurodov Turkiya chempionati to‘purariga aylanib oldi

Turkiya Superligasi 11-turidan o‘rin olgan “Bashakshehir” hamda “Kojaelispor” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
10:27 / 01.11.2025
O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
16:27 / 30.10.2025
Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini jo‘natishga ruxsat berdi

Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini jo‘natishga ruxsat berdi

Ma’lumot uchun, Tomahawk raketalarining eng uzoq parvoz masofasi 2,5 ming kilometrgacha yetadi.
10:00 / 01.11.2025
31-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun biroz biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nal…
15:33 / 30.10.2025
2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:54 / 01.11.2025
“Maymun chechak virusining yangi shtammi tarqalmoqda” – JSST

“Maymun chechak virusining yangi shtammi tarqalmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Maymun chechak virusining xavfli 1b shtammi Italiya, Malayziya, Nid…
18:26 / 01.11.2025
Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Unga Bosh konsulxona diplomatlari huquqiy maslahatlar bergan.
15:49 / 01.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!