AQSh Pentagoni Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi Tomahawk raketalarini berishga ruxsat berdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda. Manbalarga ko‘ra, AQSh harbiylari zaxiralar holatini baholaganidan so‘ng bunday yetkazib berish mamlakat mudofaa imkoniyatlariga jiddiy ta’sir qilmasligini aniqlagan.
Shu bilan birga, yakuniy qarorni prezident Donald Tramp qabul qiladi. Manbalarning aytishicha, u hali Ukrainaga raketa berish g‘oyasidan voz kechmagan va zarur deb topilsa, tezkor yetkazib berish rejalari allaqachon tayyor holda turibdi.
Pentagonning ta’kidlashicha, raketalar zaxirasi bo‘yicha muammo yo‘q, ammo Ukrainada ulardan foydalanish uchun kadrlar tayyorgarligi va texnik joylashtirish jarayonlari bo‘yicha bir qator “operatsion masalalar” hal etilishi kerak. Kiyev ulardan samarali foydalanishdan oldin maxsus o‘quv va infratuzilma masalalarini hal etishi lozim.
Ma’lumot uchun, Tomahawk raketalarining eng uzoq parvoz masofasi 2,5 ming kilometrgacha yetadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!