O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnam Sosialistik Respublikasi vise-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida Vyetnam delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vyetnam Prezidenti Nguyen Suan Fukning samimiy salomini yetkazdi.
Muzokaralar chog‘ida sholichilik, paxtachilik, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlarini, avtomobillar uchun butlovchi qismlar va elektronika ishlab chiqarish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.
Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish maqsadida yaqin oylarda ekspertlar darajasida o‘zaro tashriflar o‘tkazilishi, Hukumatlararo komissiya faoliyati qayta tiklanishi hamda O‘zbekiston-Vyetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilishi yuzasidan kelishib olindi.
Parlamentlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, ta’limga oid va boshqa qo‘shma gumanitar dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!