Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga kelib, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishmoqda.
Qayd etilishicha, o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqishda PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro dasturlar tomonidan o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini baholashda qo‘llaniladigan namunaviy topshiriqlar o‘rganib chiqilgan va asos qilib olingan.
O‘MK faol o‘quv jarayoni uchun to‘liq materiallar to‘plami: darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, Estudy elektron ta’lim platformasi ham ushbu tizimga uyg‘un tarzda qiritilgan. U matematika, tabiatshunoslik, informatika kabi fanlar bo‘yicha o‘quv kurslarni hamda egallangan bilimlarni mustahkamlash uchun 300 dan ziyod ongni oshiradigan o‘yinli vazifalarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv-metodik komplekslar Android, IOS platformalari va “Matematika» va “Alifbo» mobil ilovalari uchun o‘zbek va rus tillarida ongni o‘stiradigan o‘yinlar to‘plamiga ega interfaol o‘quv dasturini ham o‘z ichiga oladi.
E’tiborlisi, 1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi, xususan, tasviriy san’at, o‘zbek tili va musiqiy savodxonlik bo‘yicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan.
Bu o‘quvchilarni fanga yanada ko‘proq qiziqtirish hamda bugungi o‘smirlar hayotida muhim bo‘lgan gadjetlarni foydali vositaga aylantirish maqsadida ishlab chiqildi. Kengaytirilgan reallik ilovasi 1 marta yuklab olinadi va oflayn rejimida ishlaydi.
Ushbu darsliklarda nafaqat fanlar, balki 21-asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi.
Davlat rahbari Xalqaro kongress markazida ta’lim sifatini oshirish va yangi avlod darsliklarini joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazma-taqdimot bilan tanishib, sohadagi islohotlar haqida murojaat qiladi. Maktab o‘qituvchilari bilan norasmiy muhitda muloqot qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!