Germaniyaning Berlin shahrida “The Armageddon Championship Series” chempionati doirasidagi “Asia & Oceania” turniri davom etmoqda.
Kecha mazkur turnirning ilk turida oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Vidit Gudjratiga qarshi dona surdi.
Uchta partiya yakuniga koʻra, Nodirbek raqibini 2,5 — 0,5 hisobida magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi.
Ushbu gʻalaba Abdusattorovni 6-aprel kuni chorak finalda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi bahs yuritishini taʼminladi.
Eslatib oʻtamiz, mukofot jamgʻarmasi 50 ming yevrodan iborat mazkur xalqaro turnir 9 aprelga qadar davom etadi.
Uning final nuqtasigacha yetib kelgan ikki nafar shaxmatchi joriy yil sentyabr oyida oʻtadigan “Grand-final” chempionlik bellashuvlarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!