6-8-iyun kunlari Gruziyaning Batumi shahrida 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Turnirda jami 35 davlatdan 450 nafardan ortiq shaxmatchi 12 guruhga boʻlingan holda ishtirok etdi.
Oʻzbekistondan esa 21 nafar shaxmatchi 10 guruhda yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Xususan, rapid yoʻnalishida ishtirok etib, 11 turda 10 ochko jamgʻargan WFM Umida Omonova Rapid boʻyicha Jahon kadetlar va yoshlar musobaqasida “Qizlar 18” guruhida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, “Qizlar 08” guruhida ishtirok etgan Mumtozbegim Sobirova 8 ochko jamgʻarib, Jahon chempionatining kumush medalini oʻziniki qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!