$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bishkekda ShHT hukumatlar rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

15:14 / 26.10.2023

Bugun, 26-oktyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Eron birinchi vitse-prezidenti Moxammad Moxber, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan, Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Pokiston tashqi ishlar vaziri Jalil Abbas Jilani, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda ShHT bosh kotibi Chjan Min va Tashkilotning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ham qatnashdi.

Kuzatuvchi mamlakatlar va faxriy mehmonlar sifatida majlisda Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Mixail Myasnikovich ishtirok etdi.

“Ala-Archa” davlat qarorgohida majlis qatnashchilarini dastlab Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qabul qildi. Shundan so‘ng, hukumat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibda majlisi bo‘ldi. Uni Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Aqilbek Japarov ochdi.

Bugungi kunda ko‘plab davlatlar yangi xavf va tahdidlarning oqibatlarini boshdan kechirmoqda. Bunday murakkab sharoitda barqaror rivojlanishni ta’minlash va xalqlarimiz turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish ShHTning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dehli sammitida so‘zlagan nutqida ShHT ulkan iqtisodiy imkoniyatlar hududi, barcha mamlakatlarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishi uchun platforma va resurs bazasi ekanligini ta’kidladi.

Chindan ham, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning ShHTga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 22 foiz oshgan. Birgina shu yil boshidan buyon O‘zbekistonda ShHTga a’zo davlatlar kompaniyalari ishtirokida mingdan ortiq yangi korxona tashkil etildi va ularning umumiy soni 8 mingga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zlagan nutqida mazkur tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zlagan nutqida ShHT doirasida savdo, investitsiya, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, ekologiya, hududlararo hamkorlik, yoshlar siyosati, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishga chaqirdi.

Tadbir yakunida ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Qushma kommyunike qabul qildi hamda Tashkilot faoliyatiga tegishli 13 ta hujjatni imzoladi. ShHT hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2024-yilda Pokistonda bo‘lib o‘tadi.


Siyosat


														
														Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

														
														Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026

														
														Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026

														
														Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xav…
09:37 / 14.10.2026

														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!