$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

Sochlarga hajm beruvchi foydali layfxaklar

18:13 / 11.12.2021

Sochlarning hajmdor emasligi koʻplab ayollar duch keladigan muammolardan biri. Qizlar va ayollar ushbu muammoni hal qilishga urinib, maxsus kosmetik vositalar, sochlarni shishirish va boshqa mashhur usullardan foydalanishadi. Siz ham barcha usullarni sinab koʻrib, hech qanday natijaga erisha olmagan boʻlsangiz, quyidagi layfxaklar yordam berishi mumkin.

1-layfxak. Avval konditsioner

Birinchi navbatda muammoni sochlarni yuvish jarayonidan qidiramiz. Shubha yoʻqki, siz ham koʻpchilik qizlar kabi sochlaringizni avval shampun bilan yuvib, keyin tolalarga konditsioner surtishga odatlangansiz. Biz sizga ana shu ketma-ketlikni oʻzgartirishni maslahat beramiz. Birinchidan, konditsioner sochlarni yuvishga tayyorlab beradi va shampundan keyingi quruqlikdan himoya qiladi. Ikkinchidan, bunday texnika sochlarni turmaklayotganda ularga juda yaxshi hajm beradi. Shampundan oldin ishlatilgan konditsioner tolalarning uchini namlantiradi, lekin ularni ogʻirlashtirib qoʻymaydi.

2-layfxak. Quruq shampundan foydalaning

Qoidaga koʻra, quruq shampunni sochlaringizni yuvishga vaqt topa olmaganingizda qoʻllash tavsiya etiladi. Quruq shampun soch tolalarining kirini oʻziga tortib oladi va ularni toza koʻrinishga keltiradi. Bunday vosita tezlik bilan sochlarni tartibga keltirib olishga va ularni hajmdor koʻrsatishga yordam beradi. Shampun tugmasini bir necha marta bosishingiz bilan sochlaringiz avvalgidan ancha yaxshi koʻrinadi. Bundan tashqari, ixchamroq idishdagi shampun sotib olsangiz, uni yoningizda olib yursangiz ham boʻladi.

Quruq shampun sochlar ildiziga hajm beradi, sochlaringiz hajmdor boʻlib turishi uchun shampunni faqat kir sochlarga emas, toza sochlar ildiziga ham sepsa boʻladi. Biroq, bu usuldan koʻp foydalanish yaramaydi. Shampun tabiiy mahsulotlardan tayyorlangani bilan bosh terisidagi teshikchalarning yopilib qolishiga olib keladi. Teshiklar chang va kirga toʻlib qoladi. Bosh terisi shampun qatlami bilan yopilib qolgan boʻlsa, soch tolalari kabi nafas ololmaydi. Bu bosh terisining qichishishi va yalligʻlanishga olib keladi, shuning uchun vositadan foydalanishda meʼyorni unutmagan maʼqul.

Сухой шампунь можно наносить не только на грязные, но и на чистые волосы

3-layfxak. Farqni boshqa tomondan oching

Sochlarning farqini har doim bitta tomondan ochish odati koʻpchilikda bor. Sochlar ham bora-bora farq ochilgan holatga oʻrganib qoladi. Bunday befarqlik esa yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, bu sochlar uchun zararli — farq ochilgan joydagi soch tolalari oz-ozdan toʻkilib, ochiq joy paydo boʻladi. Ikkinchidan, farqning oʻrni tez-tez oʻzgartirib turilmasa, soch turmaklari hajmdor boʻlib chiqmaydi. Sochlaringizni yuvib chiqqandan keyin, boshingizni fen bilan quritayotganingizda farqni boshqa tomondan oching. Shunda ularni oʻzingiz xohlagan tomonga qaratib taraydigan boʻlasiz.

Eʼtibor bering: sochlaringizning farqini bugun bitta tomondan ochsangiz, ertaga uning oʻrnini berkiting va farqni ikkinchi tomondan oching. Bunday hiyla sochlar zaiflashishining oldini oladi, shuningdek sochlarni hajmdor va toza qilib koʻrsatadi.

Пробор играет очень важную роль в восприятии прически. / Фото: 4tololo.ru

4-layfxak. Sochlarni quritishda qoʻllarni ham ishga soling

Sochlar sogʻlom va hajmdor koʻrinishi uchun ularni fen bilan quritayotganda taroqdan foydalanish kerak emas. Bunday holatda ularni yulib olishingiz mumkin. Hoʻl sochlar odatda taroq bilan taralsa, tolaga ham, ildiziga ham zarar yetadi. Sochlarni quritishda ularni barmoqlar bilan biroz yuqoriga koʻtarib, keyin fenni ishga solish kerak. Sochlar kerakli koʻrinishga kirganidan keyin jarayonni taroq yordamida yakunlash mumkin. Soch turmagi tayyor boʻlganidan keyin boshingizni pastga eging va fenning issiq havo oqimini sochlar orasiga yoʻnaltiring. Bu ham sochlarga qoʻshimcha hajm beradi!

Сушите волосы без расчески, чтобы уберечь их от выпадения. / Фото: avon-061.ru

5-layfxak. Sochlarni boshqacha usulda turmaklang.

Yoyilgan sochlar hajmdor va chiroyli koʻrinishiga qaramay, ularni rezinka bilan yigʻsangiz, soch tolalari hajmidan asar ham qolmaydi. Sochlar siyrak ekanligini darhol “sotib qoʻyadi”. Xayriyatki, ushbu muammoning ajoyib yechimi bor. Buning uchun sochlarni yigʻing, ularning ustki qismidan bir tutam tolani ajratib olib, ostiga toʻgʻnagʻich taqib qoʻying. Shundan keyin soch tolasini toʻgʻnagʻich ustidan tushirish mumkin. Shuning oʻziyoq sochlarga qoʻshimcha hajm beradi.

Разделите хвост на две части и посередине закрепите крабик. / Фото: glammour.ru

6-layfxak. Sochlarni shishirish ham mumkin

Ha, biz bu usul haqida avvaldan yaxshi bilganmiz. Hozir esa sochlarni shishirish urfdan chiqib ketgan. Shunga qaramasdan sochlarni taroq yordamida yengil shishirib olish zarar qilmaydi. Undan ham yaxshiroq yana bir usul bor. Bu soch tolalarini taroq bilan emas, tish choʻtkasi yordamida shishirish. Sochlarni bir nechta tutamlarga ajratib oling va tish choʻtkasi bilan tolalarning ildiz qismini shishiring. Bunday hiyla sochlaringizning hajmdor koʻrinishiga yordam beradi.

Отличный начес можно сделать зубной щеткой. / Фото: syl.ru

7-layfxak. Kosmetik vositalarning keraklisini tanlang

Doʻkonlarning rastalarida turgan sochlarni parvarish qilish vositalarini koʻrib, qaysi birini tanlashni bilmay qolasiz. Doʻkonga kosmetik vosita xarid qilishga borganingizda ayrim qoidalarni unutib qoʻymang: sochlaringiz siyrak boʻlsa, gel va yogʻ sotib olish haqida oʻylamasangiz ham boʻladi. Ular soch tolalarini ogʻirlashtirib qoʻyadi va kerakli hajmni bera olmaydi. Baʼzida esa bor hajmni ham yoʻq qiladi. Maxsus koʻpik, muss, yengil spreylar gel va yogʻdan farqli oʻlaroq, muammoni hal qilishi mumkin. Misol uchun, kaftingizga ozroq muss siqib chiqarasiz va uni nam sochlarga ildizlaridan boshlab uchlari tomonga qarab surtasiz. Shundan keyin sochlarni fen yordamida quritib olasiz.

8-layfxak. Sochlar uchun tartibsiz turmaklarni tanlang

Sochlarni qanchalik qattiq tortib turmak qilsangiz, ular shunchalik xunuk va hajmsiz koʻrinadi. Shuning uchun tartibsizdek koʻrinadigan soch turmaklariga koʻproq eʼtibor bering. Yoyilgan yoki yigʻib olingan turmakdan soch tolalari tashqariga chiqib tursa, turmak ham hajmdor boʻlib koʻrinadi. Lekin, maxsus vositalarni qoʻllamagan holatda bunday natijaga erishib boʻlmaydi. Sochingizni turmaklashda sizga quruq shampun yordam beradi.

Sochlaringizni jingalak qilib olishingiz ham mumkin. Yirik yoki mayda koʻrinishdagi jingalak tolalar tekislangan sochlarga nisbatan hajmdor koʻrinadi.

Скрутите волосы в жгут и пройдитесь по ним утюжком. / Фото: burdacentr.ru


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro viloyati iqtisodiyoti joriy yilda ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş esa 10,1 foizni taşkil e…
11:47 / 04.11.2026
Toşkentda Lixiang urib yuborgan 41 yoşli piyoda halok böldi

Toşkentda Lixiang urib yuborgan 41 yoşli piyoda halok böldi

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Lixiang Li 9 rusumli avtomobil yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan piyodani urib …
09:50 / 04.11.2026
Özbekistonda ekstremistik taşkilotlarda iştirok etganlik uçun 10 yilgaça qamoq jazosi belgilandi

Özbekistonda ekstremistik taşkilotlarda iştirok etganlik uçun 10 yilgaça qamoq jazosi belgilandi

Özbekistonda ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Unga köra, ekstremistik,…
09:39 / 04.11.2026
Eronda aholi yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan ogohlantirildi

Eronda aholi yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan ogohlantirildi

Eron davlat televideniyesi mamlakatga yadroviy zarba berilgan taqdirda fuqarolar qanday harakat qilişi kerakligi haqida maxs…
09:43 / 04.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:30 / 03.11.2026
Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropaning qator davlatlarida aholi daromadining katta qismini uy-joy xarajatlariga sarflamoqda. 2025-yil yakunlariga köra,…
09:47 / 04.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!