Ishonchli xalqaro media olamidagi manbalarning xabar berishicha, 2023-yil dekabr holatiga ko‘ra, Suriya hududida asosiy harbiy-siyosiy kuchlarning jami 830 ta obyekti joylashgan. Ularning eng ko‘p soni Eronga tegishli – 570, Turkiya – 125, Rossiya – 105 va AQSh – 30.
Eronning aksariyat harbiy obyektlari va uning nazorati ostidagi guruhlar Suriyaning shimoli-g‘arbiy, janubi va shimoli-sharqida, xususan, Halab, Damashq va Dayr az-Zor viloyatlarida joylashgan. Eronning 3 ta yirik harbiy bazalariga quyidagilar kiradi: Imom Ali, Sulaymoniy, Imom Sajjod.
Rossiya Federatsiyasining Suriyadagi muhim harbiy tayanch nuqtalari Latakiya viloyatidagi Xmeymim aviabazasi va Tartusdagi harbiy-dengiz bazasidir. Suriyadagi Rossiya harbiy kontingenti soni taxminan 4000 kishini tashkil qiladi.
Suriyadagi Amerika harbiy kontingenti soni 900 kishi. Amerika bazalarida kurd, arab kuchlari koalitsiyasi boʻlgan Suriya Demokratik kuchlari hamda qabila guruhlari ham joylashgan. 2023-yil holatiga ko‘ra, SDF Suriyada 50 000 jangariga ega.
Turkiya obyektlari Suriyaning shimoli va shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Suriyadagi turk kuchlari soni taxminan 10 000 kishi. Hay’at Tahrir ash-Shom ham turk qo‘shinlari joylashgan joyda joylashgan bo‘lib, u ham taxminan 10 000 jangchini tashkil qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!