Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida yana tyulenlarning ommaviy nobud bo‘lishi holati qayd etildi. “Lada.kz” xabariga ko‘ra, Mang‘istov viloyatining Tupqarag‘an tumanida 191 ta tyulen jasadi aniqlangan.
Viloyat baliqchilik inspeksiyasi rahbari Qonarbay Bozorboyevning aytishicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra, so‘nggi 2–3 kun davom etgan shimoli-g‘arbiy shamol hayvonlarni qirg‘oqqa chiqarib yuborgan bo‘lishi mumkin.
Hodisa sabablarini aniqlash maqsadida mutaxassislar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ekologiya departamenti xodimlari suv va tuproqdan namunalar olgan.
Bundan tashqari, Gidrobiologiya va ekologiya instituti olimlari ham tadqiqotlarga jalb etilib, tyulenlarning tishlari, tirnoqlari va ichki a’zolaridan namunalar asosida o‘lim sababini batafsil o‘rganmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!