DXX Angor tumani bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan tumanning O‘zbekiston mahallasida yashovchi A.N.ning arizasi asosida 2022-yil 12-mart kuni soat 17:30 da tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Denov tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan M.A. viloyat perinatal markazida tug‘ilgan Madina ismli qiz farzandini fuqaro A.N.ga sotish maqsadida avvaldan kelishilgan 20 million so‘mni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan M.A. ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!