Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Unda “D.V.” AJning marketing va savdo-sotiq masalalari boʻyicha sobiq rahbari F.D. korxonaning jami 573,1 mln soʻm mablagʻini ipoteka shartnomasi asosida olingan uy-joyiga toʻlov uchun hamda oʻziga ish haqi sifatida oʻtkazib olishga erishib, ushbu mablagʻlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!