Gumonlanuvchi Qirg‘izistonning eng mashhur “qonundagi o‘g‘risi” Qamchi Ko‘lbayevning yaqin sheriklaridan biri bo‘lgan. U Ruslan Bosterinskiy laqabli uyushgan jinoiy guruh faoli hisoblanadi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Duisheyev Ruslan Bekboyevich, 1983-yilda Bosteri qishlog‘ida tug‘ilgan. Jinoiy dunyoda rus Koen yoki Ruslan Bosterinskiy nomi bilan tanilgan.
U qidiruvda bo‘lgan vaqtida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan. Qo‘lga olingan shaxs tergov izolyatoriga joylashtirilgan. U uyushgan jinoiy guruh tuzish va unda ishtirok etishda ayblanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!