Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zsuvta’minot” AJ Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimlariga to‘rt oydan buyon oylik maoshlari berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJ rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat bo‘yicha ichimlik va oqava suvdan debitor qarzdorlik 54 mlrd so‘mdan oshib ketgan. Shundan aholi qarzdorligi 51 mlrd 380 mln, yuridik va byudjet tashkilotlar qarzdorligi 2 mlrd 780 mln so‘mni tashkil qiladi.
“Iste’molchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagani bois tashkilot oylik maosh to‘lovlarida kechikish yuzaga kelmoqda va ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun kredit mablag‘lari jalb qilinmoqda.
Shu o‘rinda Surxondaryo viloyatida joylashgan yuridik tashkilotlar va viloyatimizda istiqomat qiluvchi fuqarolarimizdan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJ ishchi xodimlariga oylik maoshlari sentyabr oyiga avans pullari berilgan. Kelgusi hafta yakuniga qadar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar maoshi 1 dekabr holatiga to‘liq to‘lab beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!