Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasi, Xatak bo‘limi, Bog‘li dara massivida 2021-yilda arxeologlar tomonidan mil.avv. 100-40 ming yillikka oid neantertal odam makoni topilgan edi. joriy yilning iyun oyidan keng ko‘lamli qazishma ishlari boshlab yuborildi.
Qazishma davomida vertikal qoyaning yuzasida 15-20 m balandlikda hosil bo‘lgan va kirish juda qiyin bo‘lgan ushbu g‘orda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100-60 ming yil oldin yashagan neandertal odami hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq o‘choq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi.
Gʻorning fan uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Surxondaryo viloyatining nafaqat tog‘li Boysun tumani, balki Sherobod tumani ham ilk insonlar makoni sifatida o‘z isbotini topdi.
O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi hamda Avstraliyaning Griffet universiteti xodimlari tomonidan qazishma ishlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!