Bugun, 6-yanvar kuni Tashkent City hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:55 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi “Toshkent city” 2-lot hududida konteyner yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 08:57 da yetib borib, yong‘in soat 09:01 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!