“Taxtlar oʻyini” seriali yulduzi Emiliya Klark endilikda muxlislar bilan tekinga suratga tushmaydi. Ijodkor bilan suratga tushishni istaganlar aktrisaga 180 dollar miqdorida pul toʻlashlari darkor.
Emiliya Klark bilan suhbatlashish uchun esa salkam 500 AQSh dollarining bahridan kechish kerak boʻladi.
Aktrisaning aytishicha, uning ushbu qaroriga muxlislar ustidan pul ishlash istagi sabab boʻlmagan. Aktrisa kuchli eʼtibordan charchagani, ayrim muxlislarning “xiraligiga” qarshi mana shu usul yordamida kurashmoqchi ekanligini taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, aktrisa Emiliya Klark “Taxtlar oʻyini” serialidagi Deyeneris roli bilan mashhurlikka erishgan. Maʼlumotlarga koʻra, aktrisa ushbu serialning ilk mavsumi ekranga chiqarilgan sanadan boshlab bugungi kunga qadar undagi ishtiroki ortidan 1 milliard AQSh dollari miqdorida daromad olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!