Telegram asoschisi Pavel Durov kecha, 24-avgust kuni Fransiyada hibsga olindi.
Xabar qilinishicha, u Ozarbayjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.
U Telegram’da moderatsiyaning yo‘qligi, ushbu tarmoqda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlar, jumladan, giyohvand moddalarni tarqatish, bolalar pornografiyasi va firibgarlik va boshqa ayblovlar uchun qidiruvga berilgan. Durov fransuz huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmagani sababli unga hibsga olish orderi berilgan.
Agar Telegram asoschisiga qo‘yilgan ayblar isbotlansa u 20 yilga qamalishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!